|
- yilda amalga oshirilgan milliy
|
bet | 222/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.221924- yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi.
Sobiq Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi.
To‘ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi, maktablarda o‘quv- tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o‘zgardi. Din va "Qur’oni Karim"ga e’tibor umuman taqiqlandi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko‘proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi.
Sho‘rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo‘r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o‘zbek pedagogikasi markscha- lenincha nazariya doirasida shakllangan sohta fanga aylanib ketdi. Bu davrda nafaqat pedagogika, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, "O‘zbekiston tarixi" aslida "SSSR tarixi" darsligining ilovasi edi. "SSSR tarixi" esa Rossiya tarixidan iborat bo‘lganligi ma’lum. Xuddi shu kabi o‘zbek pedagogikasi ham sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. O‘sha davrlarda yozilgan ko‘pgina pedagogik asarlar bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Chunki o‘zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi. Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engels, Lenin asarlaridan ko‘chirmalar asosiy o‘rinni ishg‘ol qilardi.
Bolalar va o‘smirlarga umumiy ta’lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o‘rtasida savodsizlikni tugatish harakati boshlandi. 1930- yil 14- avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30- yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi.
Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi o‘qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o‘qishni tashlab ketish ortib bordi. Ko‘pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi
143 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (2-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 286 b.
etarli bo‘lmaganligi tufayli o‘qish saviyasi talabga javob bermas edi. Shuningdek, maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo‘lsada, ularning o‘quv moddiy bazasi nochor ahvolda qolayotgan edi.
Ma’lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g‘oyasi ustivorlik qildi. O‘zgacha fikrlashni "sinfiy dushman" deb baholandi.
|
| |