• Ibn Sino
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet74/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Abu Nasr Forobiy (to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh – Toshkentga yaqin Forob (O‘tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug‘ilgan
    Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy – axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
    Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
    «Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan
    birinchisi – qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
    Ikkinchi yo‘l (yoki usul) – majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo‘lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki sh 54ahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir
    Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko‘zlaydi.
    Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:

    • O‘quvchini zeriktirmaslik;

    • Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;

    • Uzviylik, izchillik;

    • Tahlil qilish va taqqoslash;

    • Ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;

    • Takrorlash;

    • Yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va hokazoga e’tibor berish kerakligi o‘qtiriladi.

    Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o‘qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda jamoa bo‘lib o‘qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:
    Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o‘qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
    Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

    • Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;

    • Ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;

    • Olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;

    • O‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;

    • Bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

    • O‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish

    • Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir55.



    54 Hoshimov K, Nishonova S, Inomova M, Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: O’qituvchi, 1996.


    55 Hoshimov K, Nishonova S, Inomova M, Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: O’qituvchi, 1996.

      1. Download 0,96 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   301




    Download 0,96 Mb.