|
Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida
|
bet | 86/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
Reja:
Tarbiya jarayonining mohiyati.Tarbiya jarayonining o‘ziga xosliklari.Tarbiya jarayoni mazmuni.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Jamoa tushunchasi. Bolalar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari. Bolalar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari. Bolalar jamoasi rivojining asosiy shart-sharoitlari.
Tayanch tushunchalar.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
63 Ibragimov X.I.., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. – B. 158.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.64
|
| |