|
Guruh – umumiy bo‘lgan bir yoki bir necha belgilarga ko‘ra birlashgan kishilar yig‘indisidir.
Guruhning
|
bet | 87/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Guruh – umumiy bo‘lgan bir yoki bir necha belgilarga ko‘ra birlashgan kishilar yig‘indisidir.
Guruhning birdamligi - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy xarakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo‘ladigan guruh a’zolari birligining psixologik xarakteristikasidir.
Jamiyat – tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shakli kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasidir.
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiya bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
64 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. – B. 23.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat
yo falokat masalasidur”65. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiya xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiya ga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
|
| |