• 1. Klonlash uchun vektorlar.
  • 2. Ekspression vektorlar.
  • Vektor molekulalar. Transformatsiya




    Download 27.52 Kb.
    bet2/4
    Sana24.02.2024
    Hajmi27.52 Kb.
    #162052
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-mavzu
    2-maruza, 1710913146
    Vektor molekulalar. Transformatsiya. Tarkibida qo‘shimcha irsiy axborotlar tutuvchi rekombinant DNK molekulalarini hujayralarga kiritish va uning barqarorligini saqlash gen muhandisligining asosiy kalit operatsiyasi hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun vektor molekulalardan foydalaniladi. Agar DNK shundayligicha hujayraga kiritilsa, bakteriya hujayralaridagi fermentlar ulami nukleotidlarga parchalab tashlaydi. Ba’zi hollarda DNK hujayraga kirib o’rnashishi mumkin, lekin hujayraning bo'linishi jarayonida u nasldan-naslga berilmay yo‘qolib ketadi. Rekombinant DNK hujayraning genetik apparatini tashkil qiluvchi qismiga aylanishi uchun u genomga birikishi (xromosomaga integratsiyasi) va shuning hisobiga replikatsiyalanishi yoki avtonom replikatsiyalanish xususiyatiga ega boMishi kerak.
    Begona DNK ning replikatsiyasi, ekspressiyasi va transformatsiyasini (boshqa organizmga ko‘chishini) ta’minlovchi DNK molekulasi vektor deb ataladi. Vektor hujayraga qo’shimcha irsiy axborot kiritilishini amalga oshiradi. Vektor sifatida plazmidalar, bakteriofaglar, mobil elementlar va hayvonlaming viruslaridan foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda juda ko‘p vektorlar yaratilgan bo‘lib, ularni bir nechta tipga bo‘lish mumkin:
    1. Klonlash uchun vektorlar. Bunday vektorlarga biriktirilgan DNK fragmentlarni replikatsiyalash orqali soni (amplifikatsiyasi) ni ko'paytirish uchun foydalaniladi. Bunday maqsadlar uchun bakteriya plazmidalari va faglar qo’llaniladi. Genomning katta o’lchamdagi fragmentlarini klonlash uchun esa bakteriya va achitqi xromosomalari asosida yaratilgan (ВАС va YAC) sun’iy vektorlaridan foydalaniladi.
    2. Ekspression vektorlar. Ulardan genlaming muayyan ketmakclligini aniqlash va ularning oqsil mahsulotlarini tahlil qilish, muayyan nqsilni ishlab chiqishda foydalaniladi. Shuningdek, sutemizuvchilar, o'simliklar va achitqi hujayralarida genlar ekspressiyasini amalga nsliiruvchi vektorlar ham yaratilgan. Eukariot organizmlar uchun ko‘p sonli ekspression tizimlar yaratilgan ekspression vektorlar poliadenillauish sayti va mazkur organizmda ishlash qobiliyatiga ega promotordan iborat ekspression kasseta tutadi.

    Download 27.52 Kb.
    1   2   3   4




    Download 27.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vektor molekulalar. Transformatsiya

    Download 27.52 Kb.