WINDOWSning ma’lumotnomali tizimi




Download 10,98 Mb.
bet25/38
Sana05.02.2024
Hajmi10,98 Mb.
#151659
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
7 -bob

WINDOWSning ma’lumotnomali tizimi


WINDOWS amaliyot tizimi o’z tarkibida mukammal ma’lumotnomali tizimga ega. Bu tizim WINDOWS tizimidagi mavjud ish holatlari va unda ishlash haqida istalgan vaqtda kerakli ma’lumotlarni olishga yordam beradi.


WINDOWSning ma’lumotnoma tizimini chaqirish uchun «Пуск»(Start) tugmasini bosiladi va asosiy tavsiyanomaning «Справка»( Help) bo’limi tanlanadi. Bunda ekranda quyidagi ko’rinishdagi darcha paydo bo’ladi(7.26-rasm.):
Bu darchada bir nechta bo’limlar mavjud:

  • «Содержание» (Contents) – mazmuni;

  • «Предметный указатель» ( Index) –ko’rsatkich;

  • «Поиск» (Find) – izlash.

«Mazmuni» bo’limi o’z nomi bilan ma’lumotnomaning mundarijasini aks ettiradi, masalan, WINDOWS – 98 tizimida bu bo’lim quyidagi mundarijaga ega:

7.26-rasm.
-WINDOWS-98 ga kirish;
-Kompyuter bilan tanishish;

  • INTERNET bilan tanishish;

  • WINDOWS ning standart dasturlari;

  • Bosib chiqarish;

  • Qurilmalar va dasturiy ta’minot;

  • Tarmoqqa ulanish;

  • Maxsus imkoniyatlar;

  • «Ishga tushirish» qo’llanmasi;

  • Nosozliklarni yo’qotish.

Bu bo’limlarning biridan yordam olish uchun sichqoncha kerakli bo’lim ustiga o’rnatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan tanlanadi, shundan so’ng mundarijada tanlangan bo’limning bo’lim ostilari ro’yhati chiqadi. Bo’lim osti lari ro’yhatidan kerakli bo’limosti tanlanganda, ekranning chap tarafida shu bo’limga tegishli axborotlar ekranda paydo bo’ladi. Masalan, «Standart Dasturlar» bo’limidan «Paint” bo’limosti tanlanganda, ekranda “Paint” grafik muharriri haqida ma’lumotlar chiqariladi(7.27-rasm.).

7.27-rasm.

«Указатель» (ko’rsatkich) – bo’limi axborotni ma’lum «ko’rsatkich» - mavzu asosida olishni amalga oshiradi,masalan, bu bo’limga kirilganda quyidagi darcha(7.28-rasm.) paydo bo’ladi:



7.28-rasm.

Bu bo’lim ekrani ikkita qismdan iborat:


-qidirilayotgan so’zni(mavzuning) yoki bir nechta harfini kiritish taklifi;
-axborot berilishi mumkin bo’lgan mazmunlar ro’yhati.
Masalan, «копирование» («nusha olish») mavzusi tanlanib, bu darchadagi «ввести» tugmasi bosilsa, ekranda(7.29-rasm.) yana bir darchada nusha olish qanday amalga oshirilishi to’g’risida ma’lumotlar beriladi:

7.29-rasm.

«Поиск» –(«Izlash») bo’limi yordamida foydalanuvchining хohishi bilan biron bir bo’lim yoki mavzu bo’yicha ma’lumotlar olish mumkin.


Bu bo’limga kirilganda ekranda quyidagi ko’rinish (7.30-rasm.) paydo bo’ladi:

7.30-rasm.
Bu darchadagi «Введите ключевое слово» («kalit so’zni kiriting») qatorida qiziqtirayotgan mavzu bo’yicha asosiy kalit so’zi foydalanuvchi tomonidan kiritiladi va «Список разделов» («bo’limlar ro’yqati») tugmasi bosiladi. Bunda ma’lum darchada shu mavzu bo’yicha berilishi mumkin bo’lgan ma’lumotli bo’limlar ro’yhati chiqadi. Bular ichidan ixtiyoriy bo’lim tanlanadi:

7.31-rasm.

Masalan, yuqoridagi (7.31-rasm.) rasmda «документ» kalit so’zi berilib, ro’yhatdan «добавление специальных символов» («maxsus belgilarni qo’shish») bo’limi tanlanganda, ro’yhat yonidagi darchada bu amalni bajarish usullari haqida kerakli ma’lumot beriladi.


Bundan tashqari WINDOWS ilovalari ham o’z ma’lumotnoma tizimiga ega. Agarda sizda ma’lum bir dasturiy ilova bilan ishlash jaryonida qandaydir amallarni bajarishda qiyinchilik paydo bo’lsa, F1 funksional klavishasini bosishingiz mumkin. Bunda ekranda joriy ish holatiga tegishli konteks ma’lumotlar chiqariladi. Masalan, WINDOWS ning WORD ilovasi bilan ishlash vaqtida F1 funksional klavishasi bosilganda ekranga (7.32-rasm.) quyidagi kontekstli darcha chiqariladi:

7.32-rasm.

Bu darchada bir nechta bo’limlar mavjud. Ulardan yordam olish uchun sichqoncha yordamida oydin bo’lim tanlanadi. Masalan, «Смотреть полный список разделов справки» (Ma’lumotnoma bo’limlarining to’liq ro’yhatini qarash) tanlanganda, ekranda quyidagi tasvir(7.33 namoyon bo’ladi:





7.33-rasm.

Ro’yhatdan yana kerakli bo’lim tanlanadi va unga tegishli ma’lumotlar «открыть» tugmasi yordamida chiqariladi, ma’lumotlar bosmaga chiqarilishi kerak bo’lsa «Печать» tugmasi tanlanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bo’lim yana o’zining bo’limostilari ro’yhatiga ega.


Darchada «Советы»- ba’zi bir maslahatlar chiqarish; «Параметры» - ma’lumotnoma tizimini o’rnatish parametrlari; «Закрыть» - ma’lumotnoma tizimidan chiqish tugmalari mavjud.



Download 10,98 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Download 10,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



WINDOWSning ma’lumotnomali tizimi

Download 10,98 Mb.