• Informatsion ta’minotda multimedia
  • Ta’lim sohasida multimedia
  • Dastur lash texnologiyasida multimedia
  • Windowsning multimedia imkoniyatlari




    Download 10,98 Mb.
    bet26/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    Windowsning multimedia imkoniyatlari


    Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter multimedia - kompyuter deb ataladi.


    Multimedia atamasining lu/aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.


    Informatsion ta’minotda multimedia


    Multimedia prinsiplarida qurilgan elektron ma’lumotnomalar (справочник), ensiklopediyalar, tarjimonlar va lu/atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot (медицина), sport va boshqa sohalar bo’yicha turli ensiklopediyalar bor.




    Ta’lim sohasida multimedia


    Ma’lumki, ma’ruzani talabalarning 25% iga yaqini o’zlashtiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir vaqtning o’zida ham ma’ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko’rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish o’zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o’quv dasturlaridan Math CAD, PLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibida foydalaniladi. Multimedia texnologiyalaridan foydalanadigan yetarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo’q. Asosiy muammo - professor-o’qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan programmistlar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganidir. Bunday o’quv dasturlarini ishlab chiqish va oliy o’quv yurtlarida keng tarqatish lozim.




    Dasturlash texnologiyasida multimedia


    Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot tavsiyanomalari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafikaning turli samaralari kabi dastur obyektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi.


    Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqti­ra­yotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.
    Multimedia - kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.
    Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama - videokarta zarur. Unga videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan odatda tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish yetarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor yetarlidir.
    Tovushli (audio) va ayniqsa videoma’lumotni kompyuterda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig’imlar kerak bo’ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlar (o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnoma, ensiklopediya, hordiq chiqarishga mo’ljallangan turli dasturlar) odatda kompakt disklarda tarqatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD-ROM deb ataladigan jamlovchi zarur bo’ladi. U bo’lmasa kompyuterni muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari, kompyuter o’yinlari bilan chegaralanadi.
    CD-ROM deb atalmish jamlovchi nafaqat multimedik ilovalardan foydalanish uchun zarur. Kompakt disklarda katta hajmdagi boshqa dasturiy mahsulotlar ham tarqatiladi. Ular o’nlab yuqori zichlikdagi oddiy disketalarning o’rnini egallashi mumkin. Ya’ni jamlovchilar faqat multimediaga taalluqli bo’lib qolmay, balki keng ma’nodagi tatbiqlarga ega moslamalardir.
    Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga hamda ShKning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar ayniqsa videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki, kelajakda bu yo’nalishdagi talablar yanada ortadi.
    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma’lumotlarni to’laqonli tasvirlash uchun yetarli bo’lmagani uchun bu ma’lumotlarni zichlashtirishga majbur bo’ladilar. Bu amal oddiy ma’lumotlarni zichlashtirishdan farqli o’laroq, mos ma’lumotning to’laqonliligini yo’qotadi. Videomagnitofonlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud audioma’lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar katta bo’lmagani uchun bu amal unchalik dolzarb emas.
    Tovush va video bilan ishlashga mo’ljallangan bir qator dasturiy vositalar mavjud. Aksariyat foydalanuvchilarni qanoatlantiruvchi minimal ilovalar majmuasi bevosita WINDOWS 95 da mavjud. Biz bu ilovalardan foydanish tarkibi bilan tanishib chiqamiz. Ular tovush va musiqali kompakt disklar, ya’ni CD disklarni tinglashni, tovushli fayllarni tinglashni, yozishni va tahrirlashni, videokliplarni ko’rishni, turli manbalardagi signallarni tutashtirishni, ularni balandligi majmuasi va tembrini belgilash imkonini beradi.

    Download 10,98 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windowsning multimedia imkoniyatlari

    Download 10,98 Mb.