|
Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar
| bet | 32/38 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 10,98 Mb. | | #151659 |
Bog'liq 7 -bobSound Recorder dasturini WINDOWS 95 bosh tavsiyanomasidagi Program Accessories Multimedia Sound Recorder (Программы Стандартные Мультимедиа Фонограф) buyrug’i bilan ishga tushiriladi.
Sound Recorder dasturi darchasi magnitofonning oldi panelini eslatadi. Bu darchaning tarkibini o’zgartirish mumkin emas, chunki View (Вид) tavsiyanomasi mavjud emas.
Mavjud tovushli faylni eshitish uchun uni ochib, Play (Воспоизводение) klavishasini bosish kerak. Faylni ochish oddiy usullar bilan amalga oshiriladi. Ammo bu maqsadda Open (Открыть) buyrug’i emas, balki bir vaqtda faylni ochish va avtomatik tarzda uning ifodalanishini ta’minlaydigan Play (Воспоизводение) buyrug’ini ishlatish lozim. Tovushli faylni eshitishda (Playback) tovushlar balandligini (Volume), tavsiyanomaning Edit (Правка) bandidagi Audio Properties (Свойства аудио) buyrug’i bilan shu nomli darchadan foydalanib o’rnatib olish mumkin. Boshqarish faqat apparatli bo’lsa, Volume siljitkichini boshqarib bo’lmaydi. Bu yerda tovushli faylning ifodalanishida balandlik bilan va tembrni o’rnatish uchun Volume control mikseridan foydalanish mumkin. Tovushli fayllar Sound Recorder dasturi bilan bir qatorda Media Player dasturi bilan ifodalanishi mumkinligini bilib qo’ygan yaxshi.
Tovushli fayllarni o’zgartirish
Sound Recorder dasturi tovushli fayllarni tahrirlash, ularga nisbatan maxsus effektlarni qo’llash va nihoyat, parametrlarni o’zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu amallarni bajarish uchun mo’ljallangan buyruqlar tavsiyanomaning File (Файл), Edit (Правка) va Effects (Эффекты) bandlariga kiritilgan.
Tovushli fayl bilan ishlash uchun uni ochamiz. Bu amal odatdagi usul bilan bajariladi. Endigina yozilgan fayl ham ochilgan deb hisoblanadi. Bajarilgan o’zgartirishlar yo’qolmasligi uchun ularni Save (Сохранить) yoki Save as (Сохранить как) buyruqlari bilan saqlab qo’yish lozim.
Tavsiyanomaning Edit (Правка) bandidagi buyruqlar tovushli faylda quyidagi tuzatish amallarini bajarish imkonini beradi:
|
| |