II. Xizmatning vazifalari va funksiyalari




Download 63.5 Kb.
bet2/5
Sana10.04.2017
Hajmi63.5 Kb.
#3825
1   2   3   4   5
II. Xizmatning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

hokimlikning ish rejasi bajarilishini monitoring qilish;

hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi bilan birgalikda hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalarning majlislari kun tartibi loyihalarini shakllantirish, hokimga tasdiqlatish va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlash;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil etish, topshiriqlarni umumlashtirish, ularning bajarilishini nazorat qilish, hokimni va hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’ini ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida belgilangan muddatlarda xabardor qilish;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hokimning ko’rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlash;

xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan o’zaro mustahkam hamkorlik qilish;

ekspertiza natijalari bo’yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot berish, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo’yish va ularning chiqarilishini tashkil etish;

amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to’g’risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie va butunjahon Internet axborot tarmog’ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlash;

xalq deputatlari viloyat Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to’liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlik qilish;

matbuot konferentsiyalari, brifinglar o’tkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qilish;

xalq deputatlari viloyat Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlik faoliyati to’g’risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qilish.

6. Xizmat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

viloyatni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi masalalari bo’yicha ma’lumotlar bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlash;

sohaga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, viloyat hokimi tomonidan ko’rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

viloyat hududlarida ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, o’rganish, o’rganish natijalari bo’yicha viloyat hokimiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

viloyat hokimligiga kiritilgan qarorlar va farmoyishlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;

viloyat hokimligining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo’yicha majlislarini tayyorlash bilan bog’liq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashish;

viloyat hokimi tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashish;

viloyat hokimi boshchilik qiladigan komissiyalar va kengashlar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

Xizmat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.



Download 63.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 63.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Xizmatning vazifalari va funksiyalari

Download 63.5 Kb.