V. Xizmat faoliyatini tashkil etish




Download 63.5 Kb.
bet5/5
Sana10.04.2017
Hajmi63.5 Kb.
#3825
1   2   3   4   5
V. Xizmat faoliyatini tashkil etish
13. Xizmat ishlari O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, boshqaruv apparatida amalda bo’lgan ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqaruv apparatida ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq yarim yillik ish rejalar asosida tashkil etiladi.

Xizmatning yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

14. Xizmat rahbari:

xizmatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, xizmat mutaxassislari ishini tashkil qiladi hamda xizmatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;

viloyat hokimligiga kiritilgan tegishli masalalar bo’yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko’rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

viloyat hokimligining majlislarida, viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarda, tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar majlislarida qatnashadi;

xizmat mutaxassislari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

viloyat hokimligining boshqaruv apparatida amalda bo’lgan Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

vakolati doirasida chiqadigan xat-xabarlarni imzolaydi;

xizmat ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

xizmat mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish hamda ularga tanbeh berish to’g’risidagi takliflarni viloyat hokimiga taqdim etadi.

15. Xizmat rahbari vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning vazifasini xizmat bosh mutaxassisi bajaradi.

16. Xizmatning bosh va etakchi mutaxassislari:

funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o’z vaqtida tayyorlanishi hamda funktsional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to’g’risida xizmat rahbariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;



hokim va (yoki) uning o’rinbosarlari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida ishtirok etadi;

Ushbu nizomga va funktsional vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

Download 63.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 63.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. Xizmat faoliyatini tashkil etish

Download 63.5 Kb.