III. Xizmatning huquqlari va javobgarligi




Download 63.5 Kb.
bet3/5
Sana10.04.2017
Hajmi63.5 Kb.
#3825
1   2   3   4   5
III. Xizmatning huquqlari va javobgarligi
7. Xizmat o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo’linmalaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalaridan, tumanlar, shaharlar hokimliklaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;

boshqaruv apparati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari (vakillari) ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish;

viloyat hokimining topshirig’iga binoan davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig’ilishlarida qatnashish;

zarurat bo’lganda viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari (vakillarini) belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish.

Xizmatning zarur materiallar, ma’lumotlar, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim etish bo’yicha talablari boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan xizmat belgilagan muddatlarda bajarilishi zarur.

8. Xizmat:

o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil


12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.


Download 63.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 63.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Xizmatning huquqlari va javobgarligi

Download 63.5 Kb.