|
Viloyat tabiiy-iqlim sharoiti. Xorazm viloyatining
|
bet | 35/39 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #249285 |
Texnika xavfsizligi
Qurilishda texnika xavfsizligiga katta ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson hayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tilishi kerak.
Buldozer bilan ishlaganda
- dvigatel batamom o‘chmaguncha traktor otvali oldida odam bo‘lmasligi
kerak.
- to‘xtash vaqtida otval yerga tushirilgan bo‘lishi kerak.
- 30%0 dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik kerak
- qiyalikka gruntni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o‘tkazmaslik kerak
- otval gruntga to‘lgan yoki yerga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin
emas.
- otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas.
- yomg‘ir yog‘ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas.
- Buldozerning osma uskunalarini o‘rnatish va yechib olish faqat bosh
muhandis yordamida bajarilishi kerak.
Ekskovator bilan ishlaganda
- Ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.
- Ekskovatorning o‘qi (stela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak.
- Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak.
- Ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Avtogreyder bilan ishlaganda
- avtogreyder daraxtlar, daraxt to‘nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi
mumkin emas.
- gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari bilan yo‘l poyi cheti
orasida eng kamida 1 m masofa bo‘lishi kerak.
- avtogreyderni baland ko‘tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish
joshlari qilinishi kerak.
Katok bilan ishlaganda
- haydovchi mashinani ishga tushirganligi haqida ogohlantiruvchi signal berishi kerak.
- Katok ko‘tarmada ishlayotganda ko‘tarmaning qoshiga borishi mumkin emas.
- Katokni qiyalikda to‘xtatib qo‘yish mumkin emas.
- Zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bo‘lsa oraliq masofani saqlash lozim.
|
| |