Virtual reallik (Virtual Real)uning о‘ziga xos xususiyatlari




Download 38.98 Kb.
bet2/3
Sana05.07.2022
Hajmi38.98 Kb.
#24745
1   2   3
Bog'liq
Virtual reallik (Virtual Real) va uning о‘ziga xos xususiyatlari.
Документ Microsoft Office Word (2), bellashuv uz - 11-sinf-tarbiya, BEKALI, Elektron jadvallar, vocab, Шет тили ТАЯР, Igammuratov Rashit, Doc2, II, Toplamlar, Texnologiya, Tolqınlar, troubleshooting guide, 62 avok tabunschikov
Virtual reallik (Virtual Real)uning о‘ziga xos xususiyatlari.

Bugungi kunda virtual reallikka asoslangan ta’lim resurslarini quyidagicha tasniflash mumkin:
• birinchi daraja — maxsus texnik vositalar (shlem-displey, maxsus qо‘lqop va boshqalar) vositasida tо‘la virtuallika erishish;
• ikkinchi daraja — uch о‘lchamli (yoki stereoskopik) monitorlar yoki proyektor va maxsus kо‘zoynak yordamida hajmli tasvir hosil qilish;
• uchinchi daraja — kompyuterning standart monitori yoki proyeksiya vositasi asosida virtual reallikni namoyish qilish.
О‘z navbatida, modellashtiruvchi pedagogik dasturiy vositalarni yaratish muammosi funksional nazariyalarni qо‘llash va yanada takomillashtirish bilan bog‘liq quyidagi yо‘nalishlarga ajratiladi:
1) Virtual reallikni loyihalash falsafasi. Modellashtirish asosida beriladigan axborotlarni qabul qilish va uning reallik bilan mosligiga bilim oluvchini ishontira olish muammolari.
2) Matematik modellashtirish. Ta’limiy maqsadlarda modellashtirishda matematik modellar xususiyatlarini tadqiq qilish muammolari.
3) Axborotlarni aks ettirish nazariyasi. Real sharoitlarda ishlayotganlik taassurotini hosil qiluvchi grafik mashinalarni boshqarish vositalaridan foydalanib, real tasvirlarni qurishga qaratilgan vizuallashtirish metodlarini qо‘llash va takomillashtirish muammolari.
4) Kompyuter muhitini his qilish psixologiyasi. Axborotlarning asosiy qismini televizor va kompyuter monitori orqali olishga kо‘nikib qolgan zamonaviy yoshlar fikrlashidagi о‘ziga xoslikni e’tiborga olish muammolari.
5) Virtual reallik ekologiyasi. Virtual reallik bilan о‘zaro ta’sirlashuvning individual trayektoriyasini tanlash muammolari.
6) Didaktikaning asosiy tamoyillari. Modellashtiruvchi dasturiy vositalarni ishlab chiqishda ta’lim amaliyoti tajribalari asosida shakllangan, о‘zida о‘quv jarayoni qonuniyatlarini aks ettiruvchi didaktik tamoyillar asos sifatida qabul qilinishi lozim. Real va modellashtiriluvchi shakllarda beriladigan bilimlarning о‘zaro maqbul nisbatini belgilashning didaktik va metodik muammolari ham alohida tadqiqot yо‘nalishi hisoblanadi.
Kompyuter bilan muloqot chog‘ida yuzaga keladiga hissiyotlar (masalan, virtual shlemlar yordamida) insonning mavjud real borliq bilan muloqoti jarayonidagi tuyg‘ulariga juda yaqin bо‘lib, ba’zan ushbu hissiyotlar taqqoslanganda birinchisining usutunligi yaqqol sezilish hollari ham mavjud.
Kompyuter о‘yinlari texnologiyasidagi ongga chuqur kirib borishdagi maxsus ta’sir effektlaridan ta’lim jarayonida ham samarali foydalanish mumkin. Ushbu ma’noda, inson ongi turli vazifa, obraz hamda tasavvurlarni dastlab xayoliy amallar asosida talqin qilishi e’tiborga olinsa, uning о‘zi qaysidir ma’noda virtuallik tabiatiga ega ekanligi anglanadi.
Bugungi kunda «virtual borliq» tushunchasining kompyuterli modellashtirishga nisbatan qо‘llanilishi eng ommalashgan kо‘rinishga ega. Bu sharoitda inson virtual amaliyotni yuzaga chiqarishda sun’iy uch о‘lchamli yoki sensor muhiti bilan о‘zaro ta’sirlashadi. Buning uchun u muloqot uskunalari sifatida virtual shlem, maxsus qо‘lqop yoki yaxlit kiyiladigan kostyumdan foydalanadi.
Mazkur jihozlar yordamida inson mashina tomonidan generatsiyalanuvchi muhitga tushib, unda turli yо‘nalishlarda harakatlanish, obyektlarni boshqarish kabi muayyan harakatlarni bajaradi hamda virtual voqealar ta’sirida har xil hissiyotlarni boshidan о‘tkazadi.
Virtual borliq inson faoliyatining tibbiyot, biotexnologiya, loyihalash ishlari, marketing, san’atshunoslik, ergonomika, kо‘ngilochar industriya singari kо‘plab sohalariga bevosita aloqadordir. Virtual borliq yaratish texnologiyasidan real va virtual jarayonlarni modellashtirishga katta ehtiyoj mavjud bо‘lgan kompyuter о‘yinlari, kosmik trenajyorlar, kо‘rgazma-savdo namoyishlarida samarali foydalanilmoqda.
Yuqorida sanab о‘tilgan misollar «virtual ta’lim» tushunchasiga oydinlik kiritish hamda uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini beradi. Virtual jarayonlarning bosh sababchisi — real mavjud obyektlarning о‘zaro hamjihatlikdagi harakati hisoblanadi.
О‘qituvchi bilan о‘quvchining ta’lim jarayonidagi о‘zaro hamjihatlikka asoslangan faoliyati virtual holatni yuzaga keltiradi. Real subyekt (о‘qituvchi-о‘quvchi)larning virtual holatdagi ichki о‘zgarishlari ta’lim jarayoni va sifati bilan tasiflanadi.
Virtual jarayonlarning asosiy belgilariga: о‘zaro hamjihatlikdagi subyektlar uchun virtual jarayonlar mavhumlik darajasining kuchliligi; har bir ishtirokchi uchun hamjihatlikning о‘ziga xosligi; faqat hamjihatlik jarayonidagina mavjudlikning amal qilinishi kabilarni kiritish mumkin.
Virtual jarayon muhim virtual obyektlarning о‘ziga xos hamjihatligi ta’sirida muayyan virtual makondagina rо‘y beradi.
Keng ma’nodagi virtual ta’lim deganda, uning asosiy subyektlari о‘qituvchi-о‘quvchi orasidagi bevosita ta’lim olish va berish paytidagi о‘zaro hamjihatligiga qurilgan jarayon va uning natijalari tushuniladi. Virtual ta’lim makonini ta’limning asosiy obyektlari bilan uning subyektlari sanaladigan о‘quvchi-о‘qituvchining aloqalarisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Boshqacha qilib aytganda, ta’limdagi virtuallik muhiti sinf xonalari, ulardagi jihozlar, о‘quv qо‘llanmalari yoki о‘qitishning texnik vositalari bilan emas, balki aynan ta’lim jarayonida ishtirok etadigan obyekt va subyektlarning hamjihatligi orqaligina vujudga keltiriladi.
Ta’kidlash joizki, dasturlarda ba’zi о‘rinlarda о‘quv materiallarini о‘quvchilarning real о‘zlashtirish darajasi, ta’lim subyektlarining о‘zaro munosabatlari yetarli darajada inobatga olinmasdan, taqdim etilish hollari kuzatiladi.
Shunday qilib, virtual ta’lim nafaqat masofaviy telekommunikatsiyagagina xos jihat bо‘lib qolmasdan, balki ta’limning barcha, jumladan, kunduzgi shakllarida о‘qituvchi, о‘quvchi, о‘rganilayotgan obyektlarning о‘zaro munosabatlarida namoyon bо‘lish xususiyatiga ega. Masofaviy texnologiyalar virtual ta’lim asosida kunduzgi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Virtual ta’limning asosiy maqsadi, insonning real borliqda tutgan о‘rnining tub mohiyatini anglab yetishdagi — uning virtual va boshqa imkoniyatlari uyg‘unligini ta’minlashdan iboratdir


Download 38.98 Kb.
1   2   3




Download 38.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Virtual reallik (Virtual Real)uning о‘ziga xos xususiyatlari

Download 38.98 Kb.