Volume ǀ issue ǀ




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana30.11.2023
Hajmi0,66 Mb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar

 
532 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
taʼkidlanganidek, bola tug’ish, parvarishlash va tarbiyalash qobiliyatlarini himoya 
qilish, sog’liklariga shikast yetishining oldini olishdan iborat. 
«Mehnatni muhofaza qilish toʼgrisida»gi qonunga koʼra, har bir xodim, shu 
jumladan xotin-qizlar ham, oʼzlari mehnat qilayotgan sharoiti haqida, bu sharoitlarning 
oʼz sog’ligi uchun qay darajada xavf-xatar tug’dirishi mumkinligi toʼgrisida toʼliq va 
obyektiv axborotlarni olishga xaqli. Ular oʼzlarining kasb kasalliklariga yoxud mehnat 
faoliyati bilan boglik boshqa kasalliklarga chalinib qolishlari ehtimolining oldini olish 
maqsadida navbatdan tashqari tibbiy koʼrikdan oʼtkazilishlari, kasb kasalliklariga 
chalinganlarida esa qonunda belgilangan tartibda oʼzlariga yetkazilgan zarar miqdorini 
ish beruvchidan qoplab berilishini talab qilishlari mumkin. Kasb kasalliklari roʼyxati 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan. 
NATIJALAR 
Bugun kunda xotin-qizlar turli sohalarda o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari 
mumkin. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko'paytirish uchun siyosat, iqtisodiyot 
va jamiyat hayotida yetakchi lavozimlarni egallashga qodir 15 ming nafardan ortiq 
xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Lider ayollar tayyorlash borasida keng 
qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 
O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan 
belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 
foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. 
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy 
ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. 
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash 
maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili 300 mlrd 
so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi. 
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz 
ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o'quv yurtlariga 
qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi. 
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga 
jami 6,9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. 
Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga 
ijobiy ta’sir ko'rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 
2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik 
islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 
ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 0,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish