|
Volume ǀ issue ǀBog'liq o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar
534
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
yilida oʻqishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2021/2022
oʻquv yilida qabul parametrlari qariyb uch barobar oshirilib, 157 755 ni tashkil etadi.
Xususan, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari ham 1,5 barobar
oshirildi. Shu oʻrinda xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda
bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Mahalla va oilani
qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun davlat
granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar
farzandi boʻlgan xotin-qizlar uchun oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni 2
barobarga oshirish orqali 2000 taga yetkazilgani tahsinga loyiq. Bunday
imkoniyatlarning yaratilishi qiz-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni
qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda xalqaro talablarga javob beradigan
kadrlarni tayyorlashga eʼtibor qaratilmoqda.
Ta'lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:
- Yangi o'quv yilidan boshlab magistraturada o'qiyotgan qizlarning kontrakt pullari
to'liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so'm);
- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari
magistraturaga yuboriladi;
- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo'qotgan 150 nafar
qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta'lim kontrakti mahalliy byudjetdan to'lab beriladi;
- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o'qishga sharoit yaratiladi;
- doktorantura yo'nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli
kvota ajratiladi.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan, mamlakatimizda yildan yilga ayollar
mehnatiga qaratilayotgan e’tibor, ta’lim olishlari va mehnat qilishlari uchun
yaratilayotgan shart-sharoitlar, yengilliklar hamda ularni mehnatini muhofaza qilish
bo’yicha respublikamizdagi amalda bo’lgan bir qancha qonun hujjatlarida belgilangan
me’yorlar, imtiyozlar va kafolatlar orqali ularni vaqt o’tgan sayin juda yaxshi
rivojlanayotganliklarini ko’rishimiz mumkin.
|
| |