Volume ǀ issue ǀ




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana30.11.2023
Hajmi0,66 Mb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar

 
531 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
o‘tkazilishi mumkin. Farzandi ikki yoshga to‘lmagan ayollar avvalgi ishini 
bajarishi imkoni bo‘lmagan taqdirda, avvalgi ishidagi o‘rtacha oylik ish haqi 
saqlangan holda, bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar yengilroq ish bilan 
ta’minlanishi zarur. 
Mehnat muhofazasining me’yoriy hujjatlariga ko’ra homilador ayollarni va o‘n 
to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor 
ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam 
olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Shuningdek homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor 
ayollar tungi ishlarga jalb qilinmasligi kerak. 
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidagi korxonalarda qonun 
bo‘yicha ishlayotgan, ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatli qilib 
belgilangan muddati joriy etilishi mumkin. 
Homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor 
ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan 
shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish 
kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi (119-modda) belgilashga majbur hisoblanadi. 
O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar har yili uch ish kunidan o‘n to‘rt kalendar 
kundan kam bo‘lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan ta’til olish huquqiga ega. 
Bunday ta’til yillik ta’tilga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib 
belgilanadigan davrda undan alohida (to‘liq yoki qismlarga bo‘lib) foydalanilishi 
mumkin. 
Alohida aytib o’tishim lozimki 2018-yil 12-noyabrdagi “18 yoshdan kichik bo’lgan 
qizlar va ayollar uchun o’g’ir yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishda yo’l qo’yilishi 
mumkin bo’lgan yuklama me’yorlari” tasdiqlangan. Ushbu sanitariya me’yorlari 18 
yoshdan kichik bo'lgan qizlar va ayollar tomonidan og'ir yuklarni ko'tarish va tashish 
bilan bog'liq bo'lgan ishlarning bajarilishida maqbul mehnat sharoitini ta’minlash, 
reproduktiv funktsiyasini va salomatligi holati buzilishining oldini olish maqsadida 
o'rnatiladi hamda bu sanitariya me’yorlari va qoidalariga mulk shaklidan qat’i nazar 
barcha korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar hamda alohida shaxslar tomonidan rioya 
qilishlari majburiydir. 
Аyollar mehnatini muhofaza qilish faqat ular mehnatdan foydalanish taqiqlangan 
ish va kasblarni belgilash, ular koʼtarishi yoki tashishi mumkin boʼlgan yuk 
meʼyorlarini belgilashdangina iborat boʼlmay, boshqa koʼplab tashkiliy huquqiy 
tadbirlar majmuini ham nazarda tutadi hamda ularning asosiy maqsadi, yuqorida 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 0,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish