CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
528
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Keywords: abor protection, labor code, guarantees,
benefits, social protection,
women, youth, entrepreneurs, rights, labor protection law, gender equality, labor law.
KIRISH
“Bugungi kunda ayollar va erkaklar mutlaqo teng huquqqa ega. Bu Oʼzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʼyilgan. Gender omili Mehnat
kodeksida ancha batafsil aks ettirilgan. Davlat tomonidan ayollar uchun mehnat
meʼyorlari, tugʼruq taʼtillari, voyaga etmagan bolalarni tarbiyalayotgan onalar uchun
ish tartibi belgilangan. Ish beruvchilarning kasaba uyushmalari bilan tuzgan mehnat
shartnomalarida ham xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlashning turli normalari
mustahkamlangan.
Bugun Oʼzbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga,
davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga
qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Soʼz xotin-qizlarning alohida
maqomi va ularga nisbatan hurmatni tiklash haqida bormoqda. Bu tamoyillar gender
tenglik sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiga aylandi. Bu
vazifalarni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Biroq eng
muhimi kuchli siyosiy iroda bor.
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev inauguratsiyadagi nutqida xotin-
qizlarga doimiy eʼtibor va gʼamxoʼrlik davlat siyosatining ajralmas qismi boʼlishini, bu
borada tegishli Milliy dastur qabul qilinishi kutilayotganini taʼkidladi”.