CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
529
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida
vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik
me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya
tizimini vujudga
keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mamlakatimizda yillar o’tgan sayin ishlab chiqarish va boshqa juda ko’p sohalarda
ayollar mehnati ortib bormoqda. Ularga ta’lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishdagi
mehnatlari uchun rag’batlantirishda hamda xizmat yuzasidan ko’tarilishda teng huquqiy
imkoniyatlar yanada ko’p yaratilmoqda. Shunday bo’lsada, ayollar ba’zi hollarda, ayrim
bir sharoitlarda, erkaklar bilan bir xil ishlarni bajara olishmaydi.
Ayolning organizmi
o‘ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli og‘ir jismoniy mehnatga,
ba’zi zararli omillarga (chang, titrash, organizmning qattiq qizib yoki sovib ketishi va
boshqalar) ta’sirchan hisoblanadi. Bu zararli omillar ta’siri ular organizmining
homiladorlik kezlarida salbiy o‘zgarishlarga
olib kelishi, asoratlar qoldirishi
(toksikoz, bola tushib qolishi, o‘lik tug‘ilish va boshqalar) bola tug‘ish
funksiyasining buzilishi (bola ko‘rmaslik), avloddagi o‘zgarishlarga (bolaning erta
tug‘ilishi, nogironlik) sabab bo‘lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda
ko‘p muammolar bo‘lib, uning biologik va ijtimoiy
ahamiyati judayam muhim
hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ayollar mehnatini muhofaza qilishda ularga
asosiy tayanch sifatida korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasiga oid asosiy
talablar xamda qoidalar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (13-bob, 211-
233-moddalar hamda 14-bob, 224-238-moddalarda), O'zbekiston Respublikasining
1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muxofaza qilish to'grisida»gi qonunda, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida, tarmoq vazirliklari va idoralar tomonidan
ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan mehnatni muxofaza
qilishga oid standartlar,
korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari, tarmoq jamoa kelishuvlari, ichki mehnat
tartibi qoidalarida va boshqa me'yoriy xujjatlarda nazarda tutilgan.
Bundan tashqari