|
Yashil rang- tabiatning yangilanish ramzi.U ko’pgina
|
bet | 2/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #124136 |
Bog'liq 11as kt .Mirzaqulova M.Yashil rang- tabiatning yangilanish ramzi.U ko’pgina
xalqlarda navqironlik,umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar- vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat
irmoqlarini anglatadi.
--Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq.Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy,ilohiy timsol sanalgan.O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz,qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador.Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi,uning komillikka,o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
O’zbekiston Bayrog’ining yaqin o’tmishdagi qiyofalari
1991-yil 18-noyabrdan hozirgacha
O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’iga o’xshash bayroqlar
O’zbekiston Respublikasining
davlat bayrog’i
O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi
O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi- O’zbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi.
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.Davlat gerbi-davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
-Davlat gerbi dumaloq ko’rinishga ega bo’lib ,bu shaklning chap tomoni rizq-ro’zimiz timsoli- bug’doy boshoqlaridan ,o’ng tomonida esa o’zbekning dong’ini dunyoga tarqatgan bebaho boyligimiz -chanoqlari ochilgan g’o’za shoxlaridan iborat chambarga o’ralgan ,uzoqdagi tog’lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib tyradi,ayni paytda bu O’zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini bildiradi.Gerbning yuqori qismida esa O’zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma’nosi mamlakat aholisining ko’p qismi islom diniga e’toqod qilishi,markazida -baxt va erksevarlik ramzi -qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.Gerbning pastki qismida O’zbekiston Respubliksi dasvlat bayrog’ini ifoda etuvchi cgambar tasmasiga ,,O’zbekiston ‘’ deb yozib qo’yilgan.
Gerb (polyakcha:herb,nemischa :Erbe-”meros” so’zidan olingan )-bironbir mamlakat yoki hududining siyosiy va tarixiy xarakteridagi g’oyalari majmuasini ,o’ziga xos tabiiy va xo’jalik xususiyatlari,tabaqaviy tafovutlarini,shaxs,urug’ning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi.Gerblar quyidagi tur va toifalarga bo’linadi:
|
| |