|
Ish natijalarining taqdimoti
|
bet | 45/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Ish natijalarining taqdimoti
“Nilufar guli” grafikli organayzeri chizmasini mavzu bo`yicha quyidagicha tartibda ishlab chiqish mumkin:
Mavzuga oid “Nilufar guli” grafikli organayzeri chizmasi tuzilishi
“Zinama-zina” grafikli organayzeri. “ Zinama-zina” grafikli organayzeri asosida marraga kim birinchi chiqish texnologiyasining sxematik tuzilishi bo`yicha o`tilgan mavzularni mustahkamlash samarali hisoblanadi. Quyida uning sxematik tuzilishi keltirilgan bo`lib, mavzuga oid savollar ketma-ketligi oddiydan murakkabga qarab tuziladi.
“Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha.
“Nima uchun” grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari:
Aylana yoki to`g`ri to`rtburchak shakllardan foydalanishni o`zingiz tanlaysiz.
Chizmaning ko`rinishi-mulohazalar zanjiri to`g`ri chiziqlimi, nato`g`ri chiziqli emasligini o`zingiz tanlaysiz.
Yo`nalish ko`rsatgichlari sizning qidiruvlaringizni ya`ni dastlabki halotdan izlanishgacha bo`lgan yo`nalishingizni belgilaydi. Mavzuga oid “Nima uchun” grafikli organayzeri chizmasi tuzlishi
“Qanday-qanaqa” grafikli organayzerini qurish qoidalari bo`yicha tavsiya
Ko`pgina hollarda savollarga javob berish “Nima qilish kerak”ligi to`grisida o`ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan savollarga javob berishda “Bunday javob berish kerak?”, “Qanday” asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bo`ladi. “Qanday”savollarining izchil berilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi: savol javobini topish nafaqat bor-imkoniyatlarini, balki ularni amalga oshirish yo`llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma –bosqich bo`ysunadigan savollar tuzilmasini aniqlaydilar. Bunda o`quvchilar eng oddiy darajali savollar bilan ishlashni boshlaydi. Savollarga javob berish va muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro`yxatiga mos keladi.
“Qanday-qanaqa” grafikli ordaneyzeri chizmasi hech qachon tugallangan bo`lmaydi: unga yangi savollarni kiritish mumkin; agarda chizmada savol uning “ Shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U savolga javob berishning asosiysi bo`lishi mumkin; yangi savollarni grafik ko`rinishida: daraxt yoki kaskat ko`rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o`ngda qayd qilishini o`zingiz hal etasiz; agarda siz o`zingizga tog`ri savollar bersangiz va uning rivojlanishi yo`nalishini namoyon bo`lishida ishonchni saqlasangiz, “Qandayqanaqa” grafikli organayzeri yordamida siz har qanday savolni javobini topishingizni kafolatlaydi.
“Qanday-qanaqa” grafikli organayzeri chizmasi.
|
| |