|
QUROLLI KUCHLARNING TASHKIL ETILISHI
|
bet | 2/2 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 21,3 Kb. | | #140415 |
Bog'liq insho yangiQUROLLI KUCHLARNING TASHKIL ETILISHI
1991- yil 31- avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun va 1991- yil 30- dekabrda Minsk shaxrida tashki ltopgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan“Qurolli Kuchlar va chegara qo‘shinlari xususidagi bitim”ga muvofiq, shuningdek, sobiq ittifoqi idoralari tomonidan umumiy qo‘shinlarning pul ta’minoti to‘xtatilganligini inobatga olib,1992- yil 14- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi respublika hududida joylashgan birlashma, qo‘shilma, harbiy qism va muassasalar, harbiy bilim yurtlari, korxona va tashkilotlari hamda sobiq SSSRning boshqa harbiy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
1992- yildan e’tiboran respublikamiz hududidagi barcha harbiy ta’lim muassasalarining shtat tuzilmasi takomillashtirila boshlandi. Jumladan,
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti,
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislikbilim yurti,
Samarqand oliyavtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti ko‘p tarmoqli o‘quv muassasalariga aylandi.
Milliy gvardiyaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992- yil 23- yanvardagi qarori bilan asos solindi. U sobiq Ittifoqning ichki ishlar vazirligiga qarashli, O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy qism negizida tuzilgan bo‘lib, milliy Qurolli Kuchlarimizning tarkibiy qismiga aylandi.
Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi — O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni harbiy xizmatga majburiy va ko‘ngilli ravishda chaqirish orqali tashkiletildi.Gvardiya zimmasiga bir qancha o‘ziga xos vazifalar, jumladan, davlat hokimiyatining oliy organlarini qo‘riqlash, jamoat tartibini ta’minlashda ishtirok etish, chet davlatlarning rasmiy vakillarini tantanali kutib olish, davlat miqyosidag marosimlarda ishtirok etish yuklangan. Shu maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan.
1993-yilning 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb belgilandi. Bu kun nafaqat harbiy xizmatchilarning, balki armiya saflarida oʻz burchini oʻtab qaytgan vatandoshlarimiz va kelajakda xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Zero, ona xalqimiz har doim oʻzining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Shu bois oʻgʻlonlarimiz ham oʻzi yashayotgan yurt tuprogʻini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni er yigitlik burchi hisoblaydi.
Shuningdek, bu qutlugʻ bayramning nishonlanishi xalqimizning oʻz milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga boʻlgan ishonchini amalda ifodalaydi. Bunday yuksak ishonchni oqlash uchun bugun mard oʻgʻlonlarimiz ham buyuk sarkardalarimiz tajribalari, ularning jangovarlik mahoratlarini puxta oʻrganishmoqda.Bugungi kunda buyuk va qudratli ajdomizning oʻziga xos, betakror harbiy tajribasi jahon xalqlari harbiy sanʼati merosidan ham munosib oʻrin oldi va hozirgi kunning yangi mazmuni bilan boyib bormoqda. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari xodimlari esa bobomizning “Millatning dardiga darmon boʻlmoq — chin vazifangizdur” degan ezgu daʼvatini oʻziga shior qilib olgan.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek,“Xalqimizning harbiy sohadagi boy merosiga tayanib, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkarda bobolarimizning jangovar anʼanalarini munosib davom ettirib kelayotgan, jismoniy va maʼnaviy yetuk, zamonaviy bilim, qurol-yarogʻ va texnikalarni puxta egallagan, davlat va xalq manfaatlari uchun har qanday sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishga tayyor boʻlgan harbiylarimiz doimo faol ishtirok etib kelayotganlari har qanday yuksak eʼtirofga munosibdir”.
Bugun koʻplab ota-onalar farzandining Temurbeklar maktabida tahsil olishi, harbiy boʻlib, Vataniga sidqidildan xizmat qilishni istaydi. Bu yangilanayotgan va farovon Oʻzbekistonga muhabbat, uning tanti xalqiga sadoqatdan dalolatdir. Zero, harbiylar qalbida xalqqa, yurtga muhabbat tuygʻusi qanchalik joʻshqin boʻlsa, xalq ham ularga shunchalik yaqin boʻladi. Ayniqsa, yon-atrofimizda notinchlik hukm surib turgan shu tahlikali kunlarda odamlarimiz barcha orzu-umidlari, ertasini milliy armiyamiz va uning istiqboli bilan bogʻlaydi.Shunday ekan, milliy armiyamiz — bizning faxrimiz va gʻururimizdir. Uning qudratini namoyon etib turgan mard va jasur oʻgʻlonlarimiz kecha-yu kunduz sergak turib, davlatimiz sarhadlarini qoʻriqlayotgani, xalqimiz farovonligi yoʻlida jonlarini-da berishga tayyor turganini barchamiz yurakdan his qilishimiz kerak.
“Armiya – xalqimizning mustahkam qalqoni. General bo‘lish har bir harbiy xizmatchining muqaddas orzusi. Sizlarni ana shunday yuksak unvonga erishganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Lekin shuni doim yodda tutishimiz kerakki, harbiy xizmatda va davlat boshqaruvida bundan ham yuqori martaba, bundan ham oliy unvon bor. Bu— xalqimiz, Vatanimizning ishonchiga, o‘z muqaddas burchiga doimo sodiq va munosib bo‘lishdir”,— dedi yurtboshimiz.Vatanimiz himoyasi haqiqatan ham sodiq va mard, fidoyi insonlar qo‘lida ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Mana bu yil O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligiga 32 yil bo’ldi. Davlatimizning kuch-qudratini, harbiy salohiyati va mudofaa darajasini uning armiyasi belgilaydi.
Qalbga g‘urur, tinch va osoyishta hayotga surur, baxsh etadigan armiyamiz bu- bizning faxrimizdir. Chegaralarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo’lida ma’suliyatli kasbni tanlagan harbiyalarimizdan biz ham o’rnak olib, ularning fidokorona mehnati yo’lidan borishimiz lozim. Ortda qolgan 2023-yil O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, xususan Mudofaa vazirligi qo‘shinlari uchun ancha samarali kechdi. Boisi yil davomida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, Vatan himoyachilarining proffessional tayyorgarligini yuqori bosqichga ko‘tarish, joylarda yurt posbonlari mahoratini yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xalq va armiya yakdilligini ta’minlash borasida ko‘plab ishlar bajarildi.
2023yilning 13-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qumondoni Shavkat Mirziyoyiv Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilgan tashrifi davomida “Termiz” dala o’quv maydonida Mudofaa vazirligi qo’shinlarining brigada taktik o’quvini kuzatdi.Prezidentimiz Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada mustahkamlash,xalq va armiya birdamligini ta’minlash,yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,harbiy sohadagi islohotlarning o’zagini tashkil etishi kerakligini ta’kidladilar.
2023yilning sentyabr oyida”Dovyirak jangchi” farqlovchi nishoni uchun sinovlar tashkil qilindi.Undan tashqari,qo‘shinlarda bo’linma va harbiy xizmatchilarnig professional tayyorgarlik darajasini tekshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida turli ko’rik tanlov,musobaqa bellashuvlar o’tkazib kelinmoqda.Bular “Eng ilg‘or battalion”,”Eng ilg‘or mutaxassis”,”O‘z kasbining ustasi” ko‘rik tanlovlari.Keng ko‘lamli islohotlar natijasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari mutaxassislari xalqaro arenadagi harbiy musobaqalarda, jumladan 2023- yil mart oyida Amerikaning Missisipi statidagi harbiy bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi” musobaqasida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib faxrli 1-o‘rinni egalladi.Shuningdek,o‘tgan yilning oktabr oyida mudofaa vazirligi jamoalari Buyuk Britaniyada o’tkazilgan "Kembriya” patruli musobaqasida 44ta davlatning 118ta jamoasi o’rtasida 2-o‘rinni va Koreya Respublikasida o‘tkazilgan ’’Xalqaro ilmiy jangovar .tayyorgarlik”musobaqasida 5 ta davlatning 13 ta jamoasi o’rtasida 1-o‘rinni qo’lga kiritdi.Bir so’z bilan aytganda ortda qolayotgan har bir kun shunchaki o‘tib borayotgani yo‘q.O‘tgan yili havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan yurtimizda harbiy dala oshxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Respublikaning tuman xokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonasida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etildi.Shuningdek ularni vaqtini mazmunli o‘tkaishlari uchun kitoblar,ko‘ngilochar vositalar,shaxmat-shashka o‘yinlari ham hozirlandi.Bu kabi harbiy dala oshxonalari yurtimizning barcha go‘shalarida tashkillashtirildi.Mahallalardagi ehtiyoji bo‘lgan barchani shirinlik, issiq ovqat bilan siylashdi.
-Harbiy hizmatchilarning xalqimiz boshiga og‘ir kunlar tushganda doim yordamga shay turganligini ko‘p bora guvohi bo‘ganmiz.”Sardoba” toshqini, pandemiya,bu yilgi qishning qahratonida ular bilan yelkadosh bo‘lishdi.Gaz va elektr energiyasida bo‘layotgan ko‘p uzilishlar aholi orasida qiyinchilik va noqulaylik tug‘dirdi.Mudofaa vazirligi harbiy hizmatchilari xalq bilan doim birga ekanligini yana bir bor isbotladi.Yolg‘iz qariyalar, yosh bolali oilalar,nogironligi bor xonadonlardan xabar olib ularga ham kerakli ko‘mak berishdi. Issiq ovqat bilan birga pechlarda yoqish uchun o‘tin ham olib borib berildi.Bunday hayrli ishlarda,albatta, xalq va armiya –bir tanu bir jonligi faxr tuyg‘usini beradi.
Vatanimiz bayrog’i hilpirab turishi, tinch, farovon hayotimiz, bolalarning yuzidagi tabassumi, kulgulari, bobolarimiz va momolarimizning shukronalari, Yutboshimizning va Vatanimizning asl mardlari, jasur o’g’lonlari sababli shunday osuda kunlarni ko’rmoqdamiz. Har bir o’g’il bola vatanimiz oldidagi farzandlik burchini sidqidildan bajarishi shart va zarur. Yosh o’spirin yigitlar qalbida “Men ham askar bo’laman!”, degan faxrli tuyg’uning shakllanishi yurtimizga bo’lgan ishonch va sadoqat tuyg’usini ifodalaydi. Vatanimizning har bir qarich yeri aziz. Uni asrab avaylash er-yigitning farzandlik burchidir. Vatanning bir siqim tuprog’i uchun o’zini fido qila oladigan o’g’lonlar borligi hammamizni beixtiyor quvontiradi.
|
| |