Turizm turkumi (kategoriyalari)




Download 46,32 Kb.
bet2/8
Sana20.12.2023
Hajmi46,32 Kb.
#125242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Turizm to‘g‘risida tushuncha Turizm turkum (kategoriya) lari-fayllar.org

1.2. Turizm turkumi (kategoriyalari) 
Turizm ta’rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi tasnif
(klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. Turizmni tasniflash
(klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat chegaralarini kesib o‘tishi


hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir


aniq mintaqa, manzil uchun ham qo‘llash mumkin.
Ichki turizm – fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o‘sha mamlakat
milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan qiziqishini qoniqtirish, sport
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun
vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valyutani olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada,
mamlakat mintaqalari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning
rivojlanishiga turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri turistlarni qabul
qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi hisoblanadi. Boshqa
shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo‘llari va boshqalar)ning
tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
Chiqish turizmi – biror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi bo‘lmagan mamlakat
(region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida
xarakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi
va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik
(milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi.
Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish
yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur
mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan
klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi.
Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm
sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik
xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan
sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir.
Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat (mintaqa)
doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlar
(mintaqa) dan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. Mamlakat (mintaqa)lar
daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. Bu yo‘nalishdagi turistik
faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakat (mintaqa) ga valyuta oqimini, ikkinchi tomondan
– mazkur mamlakat (mintaqa)da yashovchi fuqarolarning pul mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu
daromadlar ushbu mamlakat (mintaqa)da qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb
etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur
mamlakat (mintaqa) da daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu degani
shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy
rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu
mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega (qishloq xo‘jaligi mintaqalari).

Download 46,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 46,32 Kb.