1.8. Turistik infratuzilmalar
Turistik infratuzilmalar o‘z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, aloqa
yo‘llari yig‘indisi (yo‘llar, shox yo‘llar, aeroportlar, kemalar to‘xtaydigan joylar h.k.),
kommunikatsiyalar (suv quvurlari, elektr tarmoqlari, markaziy isitish korxonalari, oqova suv
tarmoqlari, axlat to‘plovchi korxonalar, telefon, aloqa, (pochta bo‘limlari), huquqni himoya qilish,
jamoat – tartibini saqlovchi idoralar, tibbiyot tashkilotlari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilotlar, do‘konlar, sport inshoatlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar
bilan chambarchas holda bog‘langandir.
Turistik infratuzilmalar turistik zaruriy shart-sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi,
sog‘lik-salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, sayyoh uchun qaysi bir joyda tinchlik
osoyishtalik, maishiy qo‘laylik yaratilgan bo‘lsa, u o‘sha joyga borishga intiladi. Turist
avtomobildami, poyezddami, mehmonxonadami qisqasi qayerda bo‘lmasin u o‘zini xavf – xatarsiz
holda sezishi, unga zarurat birinchi yordam ko‘rsatilishi zarur. Moboda zarurat tug‘ilsa, u yer
kurrasining har qanday joyi bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, yuqori darajada tibbiyot
maslahatlari, zaruriy servis xizmati olish imkoniga ega bo‘ladi.
1.9. Ilmiy –texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar)
Fan-texnika yutuqlari turizm industriyasi va mehmondo‘stlikda, yo‘lovchilar tashishda,
axborotlar almashish sohalarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Havo trasnportida yangi
zamonaviy tez yurar, yirik passajirlar tashishga mo‘ljallangan havo kemalarning ishlab chiqarilishi
sababli sayyohlarga xizmat ko‘rsatish rivojlanib bormoqda.
Temir yo‘l transporti sohasida texnologik omillar borgan sari rivojlanib, o‘z aksini poyezdlar
qatnovi tezligini oshirilishi bilan ifodalanadi. Hozirgi kunda Yaponiya va Fransiya kabi
mamlakatlarda tez yurar pasajjir poyezdlar tezligini soatiga 485 km.ga yetkazishga erishildi. Temir
yo‘l transportining aviatsiya transportidan afzalligi shundan iboratki, temir yo‘l vokzallari shahar
markazida joylashgan bo‘lib, sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar tug‘diradi.
Telekommunikatsiya texnologiyalari va elektronika sanoatining rivojlanishi kompyuter
tizimida mehmonxona o‘rinlarini, transportda chiptalarni band qilishga imkon yaratdi. Yangi
texnologilarning paydo bo‘lishi turistik mahsulotlarni tashkil etishda va ularni sotishda sifat
o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. Xalqaro turizmning kelajakda rivojlanishi birinchi o‘rinda turistik
mahsulotlarning takomillashuvi, professional turagentlik tarmoqlarining rivojlanishini, tur
operatorlar mahsulotlari sohasi, marketing xizmatlarining foydalanish darajasi va inson omillari
bilan bog‘liqligi bo‘lib hisoblanadi.
http://fayllar.org