Guruh (Group) va yakka holda (FIT)gi xorijiy turizm. Turistik biznesda professional
(kasb mutaxassis)lar bir-birlarini yarim so‘zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. «FIT» va
“Group” atamalari ko‘proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreiqn
Independent Traveler ma’nosini anglatadi. Tom ma’noda – xorijiy mustaqil sayohatchi, o‘zbek
tilida – yakka turist deb ataladi. U sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi
belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni mustaqil tashkil
etaolishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (yetkazib beruvchilar) o‘z xizmatlarini
yakka – individual turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohidagi tariflar bo‘yicha taklif
qiladilar. Yakka individual holdagi sayohat odatda guruh sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi
(bir turistga hisoblanadi).
Kompleks xizmat ko‘rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning
asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi, unda tur qiymatiga qo‘shilgan xizmatlar
to‘plami qayd etilgan. Odatda, turpaket qiymati tur paketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati
summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari
uning evaziga kompleks xizmat ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga
joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan.
Turpaketga butun marshrut bo‘ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Bu
yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek uchinchi yoshdagi turistlar orasida ayniqsa mashhurdir.
Professional (kasbiy) gid-tarjimonlar ekskursiyalar o‘tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo‘l
(marshrut) bo‘yicha axborotlar beradilar. Guruhga xizmat ko‘rsatishda barcha tashkiliy
masalalarni ham hal etishda ko‘maklashadilar. Guruhning barcha a’zolariga g‘amxo‘rlik va e’tibor
ko‘rsatadilar. Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini tushuntiradilar, ular haqida
aytib beradilar.
Hammasi qo‘shilgan (All - inclusive) – joylashish xizmatining alohida turi bo‘lib, ayrim
qimmat otellar tomonidan butun restoran – mehmonxona xizmatlari to‘plami bitta narxga
qo‘shilgandir.
Ayniqsa muhim mu’tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik kompleks xizmat taklif qilish alohida
katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland narxni) ni taqozo etadi. Bu
masalan, aeroport, chegara va bojxona rasmiyatchiliklaridan o‘tish bo‘yicha, bo‘lishi mumkin.
Alohida shinamxona, limuzinda tranfer tashrif buyurish, tantanali kutib olish, prezident xonasiga
joylashtirish, kutib olish va marosimlarni tashkil etish ham shu xizmatlarga kiradi.
Klubda dam olish (Club Holdays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. Qaysikim u o‘z
hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining ko‘ngil-ochish va faol dam olishi
uchun maxsuslangan.
Safarni tashkil etish bo‘yicha tasniflash
Tashkillashtirilgan turizm – turistik firma tomonidan yakka-individual yoki guruh holdagi
turistlarga tashkil qilingan sayohat tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning agentidan
turli xizmatlar to‘plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi.
Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo‘yicha uyushtirilmagan yoki xususiy
turizmni ko‘rsatish mumkin. Xususiy sayohat turagentlikka murojaat qilmasdan, bevosita yetkazib
beruvchidan xizmatlarni sotib olish yo‘li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ba’zan xususiy
sayohatni «O‘zboshimchalik» deb xato aytiladi. Ammo biroq «o‘zboshimcha turizm» juda tor
tushuncha bo‘lib, sayohatdan harakatlanishning faol usullari (piyoda, velosiped) dan
foydalaniladi. Bu turist tomonidan mustaqil yoki klub instruktorlari yordamida tashkil etiladi.
Sayohat maqsadi bo‘yicha tasniflash
BTT bosh maqsadga bog‘liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo‘ladi:
rekreatsiya;
ijtimoiy maqsadlar;
ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar;
tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;
diniy (ziyorat);
boshqa maqsadlar.
Maqsadga bog‘liq holda turizm turlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Rekrayetsiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va
boshqa sog‘lomlashtirish maqsadlaridan iborat. U bo‘sh vaqtni to‘ldirish uchun sayr-tomosha va
turli xil sport mashg‘ulotlarini taklif etadi. Ba’zi asoslarga ko‘ra unga turizmning ekskursiya,
ixtisoslashgan, ta’limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekologik turlari ham qo‘shiladi.
Ekskursiya turizmi bilim ortirish turizmining ko‘proq ommalashgan turlaridan biri
hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovar joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy
yodgorliklar, arxitektura obidalari va san’at boshq.).
Ekskursiya marshrutlari odatda bir necha shaharlardan o‘tadi va eng mashhur yodgorliklar
bilan tanishish imkonini beradi. Bunga Germaniya bo‘ylab nom qozongan: Kyoln-Bonn –
Dyuseldorf – Frankfurt-na – Mayn – Nyurenberg – Myunxen. Italiya bo‘ylab: Rim – Venetsiya –
Florensiya yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin.
Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma’lum
maqsadga ega. Xalqaro sport musabaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xoh ot
sporti yo‘nalishi, tarixiy va shaxs bilan bog‘liq joyda bo‘lishi uchun kelgan bo‘lsin turistlarning
maqsadi shular bilan bog‘liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g‘ayrioddiy joylashish
maskanida to‘xtashni istovchi birlashgan turistlar guruhlari ajratiladi. Bu joy salomatlik fermasi
yoki dehqon uyi bo‘lishi mumkin. Bu segment bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
bunday turistlar yuqori darajada ma’lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali
(boshqaruvchi, noyob mutaxissislar va boshqa yuqori darajadagi kasb egalari) kishilardir.
Ta’limiy turizm. O‘qish, malaka oshirish maqsadidagi sayohat xalqaro turizmda nisbatan
yangidir. Ko‘proq til o‘rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda. Ayniqsa Buyukbritaniya va
boshqa ingliz tilida so‘zlovchi mamlakatlarga qiziqish katta ortib bormoqda.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug‘ullanish.
Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport turi bilan shug‘ullanish
asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha
asosiy maqsaddir.
Sarguzasht turizmi. Bu turizm dam olishning o‘ziga xos turi hisoblanadi. U turistlarni
nafaqat ularni mahliyo qilgan joylarda bo‘lishini ta’minlaydi, balki g‘ayriodatiy faoliyat bilan ham
shug‘ullanishiga imkon beradi. Sarguzasht turizmi bir necha xil ko‘rinishlarga bo‘linadi:
poxod ekspeditsiyasi;
safari turlar (ov, baliq ovlash, kapalaklar tutish va boshq.);
daryo va dengiz sayohati (yaxtalarda).
Bunday turizm spetsifik qirralari litsenziya olish (ovga, baliq ovlashga, o‘ljani olib kelishiga)
zaruratiga ega. Shuningdek xavfsizlikni ta’minlash uchun yuqori malakali instruktorlar talab
etilishi hisoblanadi. Turizmning mazkur turli ko‘rinishlari qiymati juda baland bo‘lib, bu nufuzli
kishilar uchun dam olishga mo‘ljallangan.
Ekzotik turizm. Bu turizm turi ekzotik mamlakatlarga, Tinch va Atlantika okeanlari orollariga,
sayohat bilan yoki g‘ayrioddiy transport vositasida sayohat qilish bilan bog‘liq. Keyingi yillarda
o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan hayron qoldiruvchi safarlar paydo bo‘ldi. Hozircha eng hayratlisi va
o‘ta qimmatligi kosmosga uchishdir. Rossiya kosmik kemasida kosmosga birinchi uchgan turist
Denis Titodan so‘ng fazoga sayohat amalga oshadigan orzuga aylandi. Rossiyaning «Bo‘ron»
kosmik kemasida bu ekzotik sayohat uchun 100 000 AQSH dollari to‘lab, yaqin yillarda fazoga
parvoz qilishi ishtiyoqini bildirganlar ruyxati allaqachon tuzilgan.
Ekzotik turizmga saunasi, basseyni, konferens zali va boshqa qulayliklarga bo‘lgan muzyorar
kemada Arktikaga sayohat qilish ham misol bo‘la oladi. Muzyorar kema ekskursiya uchun katerlar
va vertolyotlar bilan jihozlangan. Maxsus suvosti kemasida suv osti olami bilan tanishishni
istovchilar ham ko‘p. Germaniyada ekzotikani sevuvchi turistlar uchun sobiq turmaxona juda ham
mashhur. Bu yerda sayyohlar o‘zini hibsda his qilishlari mumkin.
Ekologik turizm (ekoturizm) keyingi yillarda o‘ziga diqqat – e’tiborni jalb etayapti. Yevropa
va Amerika aholisi uchun qo‘riqlanayotgan tabiiy hudud bo‘ylab sayohat qilish dam olishning eng
keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turizmning mazkur turi bosh farqi qirralari
shundaki, sayohat nigohida bo‘lgan tabiiy atrof-muhitga turistlar zarar yetkazmaslikka harakat
qiladilar. Tabiatni muhofaza qilishga va mahalliy aholi farovonligini yaxshilashga
ko‘maklashadilar. Ekoturizm atrof – muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish uchun da’vat
etilgan. Bu sayohatning qamrovi keng – maktab o‘quvchilari uchun katta bo‘lmagan bilim orttirish
safarlaridan tortib, to milliy park va qo‘riqxonalardagi muntazam turistik dasturlargacha o‘z ichiga
oladi. Turizmning bu turidan olinadigan daromad qisman tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga
yo‘naltiradi.
Ijtimoiy turizm – ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ hisobiga
amalga oshiriladigan sayohatdir. Ijtimoiy turizmdan maqsad daromad olish emas, kam daromadli
kishilarni qo‘llab – quvvatlash, ularni dam olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashdir.
Ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlardagi turizm. Ayrim mehmonnovoz
mamlakatlar turistik industriyasida turistlarning ikki bosh kategoriyasidan biri – ishbilarmon
sayohatchilar turg‘unligiga qaratilgan holat kuzatilmoqda.
Turizm bu turining xususiyatlari shundan iboratki, ishga doir maqsadlarda keluvchi turistlar
asosiy vaqtlarini majlislar yoki ish yuzasidan uchrashuvlarda o‘tkazadilar, qat’iy dasturga va
tadbirlar grafigiga amal qiladi. Ular ko‘pincha o‘zlarining manfaatlari bilan bog‘liq o‘sha bitta
shaharga kelishadi. Qimmat narxdagi mehmonxonalarda to‘xtaydilar, buyurtma transportdan,
ishbilormanlar bilan uchrashuv uchun maxsus jixozlangan binolardan foydalanadilar, hamda
tantanali qabullar, shuningdek individual ekskursiyalarda ishtirok etadilar.
Ishbilarmon turistlar dam oluvchi turistlardan katta xarajatlari bilan butunlay farq qilishadi.
Ishbilarmonlik turizmning ko‘proq tarqalgan turlaridan biri kongressli turizmdir (Conference
Travel). Rus versisiyada uni ilmiy turizm deb qabul qilish taomilga kiritilgan. Kongressli turizm
maqsadi ilmiy-amaliy seminarlar konferensiyalar, se’zdlar o‘tkazishdan iborat. Ba’zan
ishbilarmonlik turizmida bilim orttirish yoki rekreatsiya turizmi elementlari ham mavjud bo‘ladi.
Ishbilarmonlik turizmiga shuningdek rag‘batlantiruvchi (insentiv-turizm) ham kiritiladi.
Rag‘batlantiruvchi turizm buyurtmachisi sifatida yirik korporatsiyalar chiqishadi, ular alohida
o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari guruh safarlari uchun to‘lovlarni zimmasiga oladilar.
Ishbilarmon turizmida ikki yirik segment ajratiladi: yakka – individual yoki guruh, ular ishga
doir maqsadlarda sayohatga chiqishadi va turli kompaniyalar xodimlari tez-tez kompaniya ishi
bo‘yicha safarga boradilar. Bu keyingisi o‘zida korporativ turizm deb ataladigan safarlarni
namoyon etadi.
Jahon turistik bozorida uchta yirik transmilliy kompaniyalar ishlaydi, ular korporativ turizmga
ixtisoslashgan: “American Express” (1850 y. paydo bo‘lganidan boshlab bu biznes tarixini
yuritadi), «BTI» va “Carlson Wadonlit Travel”. Ularning yillik oborot summmasi 3,7 mlrd. yaqin
AQSH dollarini tashkil etadi.
Korporativ turizmda turfirmalar mijozlari – bular huquqiy shaxslar yoki kompaniyalarning
ishonchli shaxslaridir. Ular nomlangan korparativ kartochkalarga ega. Tartibga ko‘ra, ular
sayyoramizdagi turli burchaklarda ishbilarmonlik manffatlariga doir nufuzli korporatsiyalarni
ifoda etadilar. Shu maqsadda muntazam ishbilarmonlik safariga borib keladilar. Korporativ
mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan turfirmalar ularning ishonchini qozonishga va
maksimal qulay sharoitlar yaratib, xizmat ko‘rsatishga intiladilar, odatda bular ikki tomonlama
konkret tuzilganda kelishib olinadi. Korporativ mijozlarning asosiy talabi tez va sifatli xizmat
ko‘rsatishdir. Korporativ mijoz uchun raqobat kurashida yuqori malakali, yuksak
texnologiyalardan xabardor turfirmalar g‘olib chiqishadi. Ular o‘zlarining talabchan mijozlarining
didi, mayda-chuyda injiqliklarini tez ilg‘ab oladilar, shunga qarab xizmat sifatlarini oshirib,
usullarini o‘zgartiradilar.
Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko‘rsatishicha,
sayohatning bu turi o‘zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar
bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo‘lish davomiyligi esa ishga
doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir. Misol uchun, arab mamlakatlari, Hindiston, Pokistondan
Angliyada yashayotgan do‘stlari, qarindoshlarini ko‘rgani doimiy ravishda mehmonlar tashrif
buyuradi. Rossiya va Ukrainaga Kanada, AQShdan ajdodlari slovyan bo‘lgan oila a’zolari
kelishadi.
Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo‘msash – sog‘inish turizmi deb ham
ataladi. Bu odamlarni do‘stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog‘liq bo‘lib, xalqaro
turistik almashinishda muhim o‘rin egallaydi. Odatda bozorning bu segmentida ishlashga bir necha
turfirmalar ixtisoslashadi.
Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir necha turlari ajratiladi:
ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish);
bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish);
ilmiy safar din bilan shug‘ullanuvchi (tarixchi va boshqa mutaxassislarni safari).
Harakatlanish usullari bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)
Harakatlanish usuli va tanlangan transport turiga bog‘liq holda turizmni aviatsion,
temiryo‘l, avtoturizm, avtobusli, suv, piyoda, velosipedli turlarga ajratish mumkin.
Sayohatchi qaysi bir transport turini tanlamasin bugungi kunda ixcham va qulaylik, sayohat
xavfsizligi zarur shartlardan hisoblanadi. Sayohat xavfsizligi ko‘rsatkichlari avariyalar (transport
turlari bo‘yicha yillik avariyalar soni) va shaxsiy xavfsizlik hisoblanadi. Bunda 100 000 kishi
hisobga yo‘l-transport hodisalarida xalok bo‘lganlar soni asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Rossiyada
bu ko‘rsatkich avtotransportdan yuqori darajada foydalanilayotgan mamlakatlardagiga nisbatan
ancha ko‘p.
|