Ko‘pgina
ommaviy
turistik
xizmatlarni
tashkillashtirishda
transport
va
kommunikatsiyalarning roli beqiyos muhimdir. Ayniqsa transport tarmoqlari jumladan, avtomobil
yo‘llari, ularning turistik ahamiyati va o‘tkazuvchanlik quvvati muhim rol o‘ynaydi. Xorijdan
kelgan har bir sayyoh uchun birinchi ta’surot samolyot trapidan tushib, aeroport vokzaliga kirishi,
yoki temir yo‘l poyezdida kelganlar uchun temir yo‘l vokzalidan boshlanadi. Undan so‘ng
transport vositalarida vokzaldan mehmonxonagacha boriladi. Shu
sababli turizm uchun xizmat
ko‘rsatuvchi tarmoqlarning holati sayyohlar uchun qulay, bezarar va tusiqsiz bo‘lishi zarur.