ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday hayvonat va o‘simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq
bo‘lib, Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika (AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish
mintaqalari va hududlari hisoblanadi.
Ko‘pgina xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qiladigan omillardan biri, bu shifobaxsh mineral suvlar
bo‘lib hisoblanadi. Uning asosiy maskanlariga Rossiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya,
Ukraina kabi bir qator mamlakatlar misol bo‘ladi.
Xorijiy turistlarning tog‘ sharoitidagi sport turlari alpinizm (Alp, Kordilyera, Himolay tog‘lari
h.k.), chang‘i sporti (Skandinaviya, Alp, Tatra tog‘lari) suv ustida chang‘ida suzish, suv ostida
suzishlar turlari borgan sari rivojlanib bormoqda. Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Shvetsiya,
Buyukbritaniya, Gretsiya hamda AQSH mamlakatlarida xorijiy sayyohlar sport ovlari, baliq
ovlashlarda keng ko‘lamda ishtirok etmoqdalar.
Iqtisodiy geografik omillar. Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika
bazasi, ya’ni mehmonxonalar fondi, umumiy ovqqatlanish korxonalari (restoran tarmoqlari), sport
inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator servis xizmati ko‘rsatish obyektlari ichki
va tashqi kommunikatsiya tarmoqlari avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo
transporti, aloqa vositalari, Internet tarmog‘i kiradi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishiga yangi
temir yo‘llar, avtomobil trassalari, dengiz, daryo, havo transportlari, zamonaviy turistik avtobuslar,
yengil avtomobillar, shu jumladan yotib uxlaydigan komfortabelli avtomobil tirkagichlar,
mototsikllar, motorollerlar, yangi dengiz, daryo passajir kemalari, teploxodlar, tez uchar reaktiv
havo laynerlari h.k. bularning hammasi xalqaro turizmni rivojlantirishga katta imkoniyatlar
tug‘diradi.