1-MAVZU: “XALQARO TURIZM” FANIGA KIRISH. XALQARO TURIZMNING
RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
1. Turizm to‘g‘risida tushuncha
2. Turizm turkum (kategoriya) lari
3. Xalqaro turim tasnifi (klassifikatsiyasi)
4. Geografik omillar
5. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
6. Sayyohlar xavfsizligi
7. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar
8. Turistik infratuzilmalar
9. Ilmiy texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar)
Tayanch so’z va iboralar: turizm, transport, umumiy ovkatlanish, mehmonxona xo‘jaligi,
madaniyat, savdo, hududning geografik o‘rni, tabiiy iqlim sharoiti, okeani va dengiz qirg‘oqlari,
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar, transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar.
1.1.Turizm to‘g‘risida tushuncha
Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida «Turizm» tushunchasini aniqlashga turlicha
yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir necha guruhlarga
birlashtirish mumkin:
turizm odamlarni yo‘nalish bo‘yicha aniq obyektga tashrif byurishi yoki maxsus qiziqishini
qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi harakatlarining alohida shaklidir;
turizm odamlarni harakatlanishi (joyini o‘zgartirishi), ularni
doimiy yashash joyida
bo‘lmasligi va qiziqqan obyektida (safarda) vaqtincha bo‘lishi;
turizm shaxsni uning ijtimoiy-gumanitar funksiyasi orqali (tarbiyaviy, ta’limiy,
sog‘lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishi alohida shaklidir;
turizm dam olishni, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning ommaviy shaklidir;
turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida (turizmni aniqlashga «samolyot»
yondoshuvi) bo‘lmagan paytida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik
sohasidir;
turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o‘z mahsulotlari va xizmatlarini
(marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida an’anaviy xo‘jalik tarmoqlari
(transport,
umumiy ovkatlanish, mehmonxona xo‘jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan
bozorga chiqadi;
turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan an’anaviy
tasavvurlarga sig‘maydi 1991y Ottava, Kanadada bulib o‘tgan
BTT - Butunjahon turistik
tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo‘yicha konferensiyada konsepsiya sifatida talablar
yo‘nalishi tanlandi va turizm shunday belgilanish oldi: «Turizm - odatdagi muhitdan tashqarida
dam olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda bo‘lgan
sayohat va joylarda bo‘lishni amalga oshirgan shaxs faoliyati»;
Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy –
amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan
shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) dir.
(O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risidagi qonuni». 3 modda. 1999 yil 20 avgust).