Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar




Download 46,32 Kb.
bet6/8
Sana20.12.2023
Hajmi46,32 Kb.
#125242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Turizm to‘g‘risida tushuncha Turizm turkum (kategoriya) lari-fayllar.org

1.5. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar 
Iqtisodiy omillar. Turizm rivojlanishiga makroiqtisodiy omillar bilan bir qatorda
mikroiqtisodiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Makroiqtisodiy berqarorlik, ishsizlik darajasini
o‘sishi, pulning qadrsizlanishi kabilar jamiyatni qo‘zg‘atadi va bezovta qiladi. Ayrim hollarda esa
kishilar ishi o‘z uyida qolib, hech qayoqqa sayyohatga bormasdan o‘tirishga to‘g‘ri keladi.
Qachonki, biror mamlakatning iqtisodiyoti yuksalishda bo‘lsa, qaysi kim ishlab chiqarish
imkoniyatlari, ya’ni valyutalar miqdorining ortib borishi bilan belgilanadi. Qaysi bir mamlakatda
turizmdan keladigan foyda YAIMda salmog‘i anchagina bo‘lgan taqdirda investitsiyalar ya’ni
mehmonxonalar qurishga va infratuzilmasini rivojlantirishga sarf etiladi. Shu bilan birga milliy
daromadini o‘sishi, ayniqsa aholi shaxsiy ehtiyoji qobiliyatini qondirishga qaratilgan
xarajatlarning o‘sishi darajasi, ularning sayyohlikka bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Kishilarning
dam olishida turistik mahsulotlar va turistik tovarlar bahosi eng muhim omillardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Ayniqsa, turizmni moliyalashtirishda valyuta kursi muhim rol o‘ynaydi. Valyuta
almashtirishning soddaligi, uning osonligi kabilar. 2002 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi
(YEI) davlatlari o‘rtasida yevroning muomalaga kiritilgani. Ushbu hududdagi sayyohlar uchun
yagona valyutaga o‘tilishi juda katta imkoniyatlar to‘g‘diradi.
Savdo aloqalari. Horijiy mamlakatlarda sayyohatga boradigan turistlar, odatda, o‘sha yerda
nimalarni xarid qilishi qiziqtiradi. Bu noyob, mahalliy hunarmandchlik mahsulotlarini,
suvenerlarni, qarindosh urug‘lari, oila a’zolari uchun xarid qilishidir. Bunday suvenerlar, sovg‘alar
odatda sayyohlar gavjum joylarda magazinlarda, do‘konchalarda sotiladi.
Turizm rivojlangan bir qator mamlakattlarda xorijiy davlatlardan keladigan sayyohlarning
talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda sanoat eksportini rivojlantiradi. Hozirgi kunda
Birlashgan Arab Amirligi (BAA), Gretsiya, Italiya, Singapur, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya
kabi mamlakatlar xorijiy turistlarga uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar (kiyim-kechaklar,
ro‘zg‘or buyumlari, elektornika, radio, telefon, televizor, videotexnika asboblar)ini sotishga
kirishganlar.
Siyosiy omillar. Siyosiy omillarga kelganda turistlarni qabul qilib oluvchi va turistlarni
jo‘natuvchi mamlakatlarda muhim turistik marshrutlar yo‘nalishidagi hududlarda, mintaqalarda
siyosiy vaziyatning holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.



Ma’lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada turg‘unligi ko‘p hollarda xalqaro


turizm oqimining yo‘nalishini belgilaydi. Tabiiyki, davlatlararo turistlarni almashtirishda,
mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvchilik munosabatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Odatdagi diplomatik aloqalar, turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar, kommunikatsiyalar va
transport vositalaridan hamkorlikda foydalanish, turistik reklamalarni bir-birlari bilan
almashtirish-bularning hammasi turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy - demografik omillar. Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar (aholining
tug‘ilishi, o‘limi, tabiiy ko‘payishi, aholi migratsiyasi kabilar) ham xalqaro turizm sohasining
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yer sharining turli davlatlarida, hududlarida va
mintaqalarida aholi sonining ko‘payib borishi, ayniqsa shahar aholisi aglomeratsiya doirasining
borgan sari kengayib borishi kishilarning dam olishi va sayyohlikka chiqishni taqazo qiladi. Shu
borada turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash
mumkin:
 dunyo xalqlaridagi bir-biriga o‘xshashlik bo‘lish umumiy tomonlari, ularning qiziqishlari
h.k;
 ayrim malakaviy sohalardagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda faol ishtirok etishning
kuchayib borishi;
 turizm tarkibidagi xotin-qizlar va yoshlar salmog‘ining ortib borishi;
 xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan kurort va sanatoriyalar tarmog‘ining ko‘payib borishi,
ularda davolanishga moil bo‘lgan kasallar sonining ortib borishi;
kishilarning atrof muhitga bo‘lgan qarashlari, tushunchalari va munosabatlarning o‘zgarib
borishi h.k. juda katta rol o‘ynaydi.

Download 46,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 46,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar

Download 46,32 Kb.