Adabiy asarlami tanlashda quyidagi talablar qo ‘yiladi:
1. Mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollaming soni (qancha ko‘p bo‘lsa,asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko‘p bo‘lishi.
5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i.
Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Masalan,”
“Sholg‘om” “Zumrad va Qimmat” “Bo‘g‘irsoq” va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo‘g‘irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.Badiiy asami eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish,sahna ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissori rolini amalga oshira borib,bolalaming xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. ‘yinda faol ishtirok etgan bolalami alohida rag‘batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Biz maktabgacha ta’lim tashkillotlarida maktabgacha yoshdagi (6-7yosh) bolalarning xalq og’zaki ijodi vositasi orqali axloqiy xislatlarni tarkib toptirishni quyidagicha tasnifladik.
2.1.-rasm.6-7 yoshli bolalarda ahloqiy sifatlarni tarkib toptirish
.
|