|
Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari
|
bet | 18/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-1 Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari
Investitsiya siyosatining eng muhim bo‘g‘ini investitsiya mablag‘larini eng ustuvor va ahamiyatli tarmoqlar va hududlarga jalb qilish borasidagi chora- tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda, umuman, mamlakat iqtisodiyotida, xususan esa, ustuvor deb belgilangan tarmoqlar va hududlarda qulay investitsiya muhitini yaratish zarur. Investitsiya muhiti bir qator shart-sharoitlarga qarab baholanadi. Bu shart-sharoitlarga siyosiy barqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik darajalari, byudjetning to‘ldirilishi darajasi, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki va xususiy sektorning rivojlanishi darajasi, iqtisodiyotning, xususan, tashqi savdo, valyuta bozorlarining erkinligi, bozor infratuzilmasining rivojlanishi darajasi, tabiiy va mehnat resurslarining mavjudligi va ulardan foydalana olish imkoniyatlari, ishchi kuchining malakasi, soliq tizimining xususiyatlari, bank foiz stavkalari, bozor sig‘imi va boshqalar kiradi.
Investitsiya muhiti korxonalar tomonidan mablag‘larni ishlab chiqarishga safarbar etishdagi, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va o‘z faoliyati masshtablarini kengaytirishdagi imkoniyat va rag‘batlarga ta’sir etuvchi lokal omillarni aks ettiruvchi sharoitdir.
Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liqdir.
|
| |