• 11.4 –rasm. Investitsion muhitni shakllantirish 6
  • Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




    Download 251,44 Kb.
    bet19/36
    Sana20.11.2023
    Hajmi251,44 Kb.
    #102040
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
    Bog'liq
    95284-1

    INVESTITSIONMUHIT

    Investitsion jozibadorlik Investitsion faollik




    Investitsion risk darajasi




    Investitsion salohiyat



    11.4 –rasm. Investitsion muhitni shakllantirish6


    Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. Shuning uchun ham rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda maxsus investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarni investitsiya muhitini o‘rganadigan va aniq xulosalarni investorlar uchun beradigan firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvedsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va o‘ta qulaygacha bo‘lgan balli shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‘rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index) ni qo‘llaydi. “BERI” indeksi 45-48 mamlakat bo‘yicha yiliga 3 marta e’lon qilinadi. Quyidagi chizmada (11.5-rasm) ular investitsiya qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ahamiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan. 11.5-rasmdan ko‘rinishicha, “BERI” indeksiga kirgan ko‘rsatkichlar orasida siyosiy barqarorlik (12 foiz) eng katta ahamiyatga ega. Tahlil ko‘rsatishicha, g‘arbiy ekspertlar aynan harbiy xarakatlar yoki ichki vaziyatning keskinlashuvi yuz bergani bois Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so‘nggi o‘rinlar berishgan.


    6 G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. - T.: 1993. 48-b.

    11.5-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun xudud jozibadorligini (maftunkorligini) baholashning “BERI” indeksi7


    Investitsion salohiyat makroiqtisodiy xususiyatlar, hududning ishlab chiqarish omillari bilan to‘yinganligi, aholining xaridorgir talablari va boshqalarni hisobga oladi.


    Investitsion risk darajasining yuqoriligi investitsiya va undan keladigan daromadni yo‘qotish ehtimolini ko‘rsatadi. Oxir-oqibat investitsion faollik uning investitsion jozibadorligiga bog‘liq.
    Investitsion faollik - asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiya ko‘rinishidagi investitsion faoliyatning real (haqiqiy) rivojlanishidir.
    Xorijda bizdagi investitsiya muhiti haqida nima bilishlari u qanday berilganligi va baholanishi aniqlanishidan O‘zbekistonning jahon investitsiyalari uchun imkoniyatlari kelib chiqadi.
    Investitsiya muhiti mikroiqtisodiy darajada ikki tomonlama, ya’ni investor va aniq davlat organlari, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun ob’yektiv holat bo‘lib, kapital qo‘yish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Lekin investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardandir. Shu ma’noda har bir davlat kapital import qilishda o‘zining aniq kapital qabul qilish tizimiga ega bo‘ladi. Kapital qabul qilish tizimi bu xorijiy kapitalga nisbatan davlat


    7 G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. - T.: 1993. 52-b
    siyosatining va qonunlarining, meyoriy hujjatlarining majmuasidir. O‘zbekistonda ham ishlab chiqarishga kapital qabul qilish tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabatda zamonaviy xalqaro xo‘jalik aloqalari qoidalariga asosalangan holda qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda, shuningdek xorijiy investitsiyalarning infratuzilmalari yaratilmoqda.
    So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi.
    Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda “bir darcha” tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
    Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati va biznesni yuritish sharoitlari hali-hamon erkin bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro normalarga to‘liq hajmda javob bermayapti. Avvalgidek tadbirkorlik faoliyatini haddan ortiqcha tartibga solish holatlari mavjud, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning kontaktsiz shakllarini samarali joriy etish imkoniyatlari to‘liq hajmda ishlatilmayapti. Biznesni yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar joylarda yetarli darajada amaliyotga joriy etilmayapti.
    Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti nafaqat korxonalar uchun yuqori daromad olishdir, aksincha u jamiyatda vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
    Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti innovatsion rivojlanishni, mehnat unumdorligini rag‘batlantiradi va mehnat unumdorligini ko‘tarilishi oqibatida uning natijalari mehnatkashlar va iste’molchilarga naf keltirishda raqobat asosiy omil ekanini tasdiqlaydi.
    Agarda iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish nuqtai-nazaridan investitsiya muhitiga yondoshilsa, unda investitsiya muhiti:

    • korxona e’tibori markaziga mablag‘larni safarbar etish va ish kuchini yollash qarorini qabul qilishni;

    • korxonalar tomonidan investitsiyalar imkoniyatini baholash, ular bilan bog‘liq siyosat va hukumatni amaliy faoliyatini ko‘zda tutishini (mulkchilik huquqlarini inobatga olinishi, soliqqa tortishni, moliya, infratuzilma, korrupsiya va hukumatning boshqa sohalaridagi siyosati va amaliy tadbirlarini yaxlitligini);

    • investitsiya faoliyatini kelajakka qaratilganligini ko‘rsatishini (investitsiyalar negizida kelajak bilan bog‘liq orzu-umidlar (kutishlar) yotishini) hukumatning o‘tkazayotgan tadbirlarini ishonchliligini va ularni barqarorlikni mustahkamlashga qaratilganligi;

    • siyosatni ishlab chiqaruvchilardan xususiy ishlab chiqarish, investitsiyalarni rag‘batlantirish vazifalarini jamiyatni boshqa maqsadlari bilan muvofiqligini ta’minlashni talab etishini bildiradi.

    Korxonalar jamiyat uchun salmoqli samara keltiradi, ammo korxonalar va jamiyat manfaatlari har doim ham mos kelavermaydi.
    Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti insonlar uchun takomillashish imkoniyatlarini beradi. Investitsiya muhitini yaxshilanishi rivojlanish strategiyasini muhim omilidir. Investitsiyalar esa insonlarga o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish yo‘nalishlarini beradi.
    Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan, respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari, bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
    Ichki investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator imtiyozlar va kafolatlar tizimi yaratilgan.
    “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash tartibini belgilangan.



    Download 251,44 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




    Download 251,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

    Download 251,44 Kb.