|
Xitoy xalq respublikasi
|
bet | 8/15 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #100034 |
Bog'liq Извлеченные страницы из Erkin iqtisodiy hududlar 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]Nazorat uchun savollar:
Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish necha bosqichdan iborat bo„lgan?
Xitoyda EIHlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishi uchun qancha onun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan?
Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bosqichlari mazmunini bilasizmi?
Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 1-bosqichi nimalar amalga oshirilgan?
Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 2-bosqichi nimalar amalga oshirilgan?
Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 3-bosqichida nimalarga erishilgan?
Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi va unda erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o„rni
Xitoy davlati bugungi kunda dunyo mamlakatlarining e‟tibori markazida turgan asosiy davlatlardan hisoblanadi. Sababi, Xitoyning iqtisodiyot, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro integratsiyani rivojlantirish va unda EIHlar hissasining ortib borishi borasida erishayotgan ulkan yutuqlari barchani xayratga soladiki, bu, so„zsiz, uning faol iqtisodiy, investitsiya siyosatini olib borish bilan bevosita bog„liqligi natijasi hisoblanadi. Shunga ko„ra, ushbu davlatning amaliy tajribalarini chuqur o„rganish maqsaga muvofiqdir.
Agar quyidagi 9.2-rasmga nazar tashlansa, unda Xitoy YaIMning dinamik o„sishi to„g„risida yetarli tasavvurga ega bo„lish mumkin.
X7 5
Xitoy YaIMni tahlil qilganimizda uning 2009-yildan 2017-yilgacha 6,7-8 foizdan o„sganini ko„rishimiz mumkin. Bu esa aholi jon boshiga YaIM hajmining ham o„sib borishiga o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda.
Shuni ham ta‟kidlash lozimki, Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yakunlariga ko„ra rekord natijani ko„rsatdi va 4,62 trln. dollarga etdi. Bu qiymat 2017-yilga nisbatan 12,6 foiz ko„proq bo„lgan, deb ma‟lum qildi Xitoy bosh bojxona boshqarmasi vakili Li Kuyven. Uning aytishicha, Xitoy eksporti 2018- yilda 9,9 foizga o„sib, 2,14 trln. dollarni, importi esa 15,8 foizga o„sib, 2,14 trln. dollarni, savdo balansining ijobiy saldosi 546,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan76.
Xitoy yirik EIHlari – MIHlarining 2017- yilga tashqi savdo ko„rsatkichlariga nazar tashlansa, unda Shenjen MIHning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 73,6
%ni, jumladan, eksportdagi ulushi 73,9%ni, importdagi ulushi esa 73,2%ni tashkil etganligini ko„rish mumkin (9.1-jadval).
|
| |