Xitoy xalq respublikasi




Download 0,73 Mb.
bet11/15
Sana16.11.2023
Hajmi0,73 Mb.
#100034
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Извлеченные страницы из Erkin iqtisodiy hududlar 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

9.3-rasm. To„g„ridan-o„g„ri xorijiy investitsiyalarning 2016-yildagi hududlar bo„yicha ichki va tashqi investitsiyalari87.


9.3-rasm ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, Xitoyning 2016-yildagi ichki investitsiyalash hajmi 1354 mlrd. AQSh dolarini tashkil etgan va bu vaqtda tashqi investitsiyalash hajmi 1281 mlrd. AQSh dollariga teng bo„lgan. Bu esa Xitoyning ichki investitsiyalash salohiyati yil sayin ortib borayotganligidan dalolat beradi. Ularning umumiy miqdori esa 2635 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.Bu holatni 2018-yilning 1-yarim yilligi bilan taqqosaganda esa yanada katta farqni ko„rish mumkin. Ya‟ni 2018-yil 6 oylik yakunga ko„ra, Xitoyda asosiy kapitalga umumiy investitsiyalash (ichki va tashqi manbalar hisobidan) hajmi 4,4 tlrn. AQSh dollari (29,7 trln. yuan)ni tashkil etgan. Bunda xususiy sektorning ulushi o„tgan yilga nisbatan 8,4 %ga yuqori bo„lgan88.
Xitoy davlatining faol investitsiya siyosatini olib borishi va xorijiy va ichki investitsiyalarni o„zlashtirishdagi samarali islohotlar mamlakatda ishsizlik darajasining pasayib borishiga sabab bo„lmoqda. Bunda 2017-yilda hukumat ishsizlik darajasini 4,5 %ga taxmin qilgan bo„lsa, amalda u 3,9 %ni tashkil etdi. Bu ko„rsatkich 2018-yilda 3,8 %ni tashkil etdi. Bu holat Xitoyda 2017-yilda 13,5 mln. va 2018-yilda 11 mln. kishini ish bilan ta‟minlashning natijasidir89.
5 yillik davrda (2012-2017 yy.) Xitoyda jalb etilgan jami xorijiy investitsiyalar hajmida sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari ulushi 14,5 %ga o„sdi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, xorijiy kapitl ishtirokidagi korxonalari hissasining kichikligiga qaramay (mamlakatdagi jami xo„jalik subyektlari sonining 3 %idan oshmaydi), ularning mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi qariyb 50 %ni tashkil etadi, sanoat korxonalarini hisobga olgan holdagi foydasi (yillik 20 mln. yuandan yuqori hajmdagi tushumlarni hisobga olgan holda) – 25% atrofidagi, soliq to„lovlari summasida esa – qariyb 20% ulushni tashkil etadi90.



87 Source: World Investment Report 2017, United Nations, 2017
88 Темпы роста ВВП Китая иобъем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955
89 Темпы роста ВВП Китая иобъем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955
90 Годовой обзор состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности
O„z navbatida, Xitoy Tijorat vazirligi ma‟lumotlariga ko„ra, xitoylik tadbirkorlar 2017-yilda dunyoning 174 ta mamlakati va hududlariga 6236 ta korxonani tashkil etish maqsadida 810,7 mlrd. yuan (-28,2%), ili 120,1 mlrd. doll. (-29,4%) nomoliyaviy investitsiyalarni kiritishgan. Ularning 85 %i portfel investitsiyalarga (aksiyalar va obligatsiyalar bilan bog„liq holda qo„shib olish va birlashish shartnomalari asosida), ya‟ni 689,2 mlrd. yuan (-31,8%) yoki 102,1 mlrd. doll. (- 32,9%)ga, 15 %i foydani qayta investitsiyalashga – 121,5 mlrd. yuan (+1,6%) yoki 18,0 mlrd. doll. yo„naltirilgan91.
Mazkur investitsiyalarning obyektlar bo„yicha joylashtirilishi to„g„risidagi ma‟lumotlar quyidagi 9.7-jadvalda batafsil keltirilgan.




Download 0,73 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0,73 Mb.