• Shantou EIH
  • Shenjen EIH
  • Chjuxay EIH
  • Xitoy xalq respublikasi




    Download 0,73 Mb.
    bet14/15
    Sana16.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #100034
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из Erkin iqtisodiy hududlar 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
    kurs ishi 2, Kurs ishi mavzular 209-210-guruh (2), Учебное пособие для бакалавров и магистров по направлениям «Экон (1), сляд рус, Ziyoda TVK, Kiberxavfsizlik asoslari fani uchun Mustaqil ish (7), 1. Ёшлар етакчисининг кунлик режаси, Uch qatlamli to`siq panellar, yengil va o`ta yengil konstruksiya, 139-143, avtomobillarga-texnik-va-servis-xizmat-ko-rsatish-usullari, 1 N, tema 2 madina, fizika topshiriq
    Xitoyda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati va rivoji bilan bog„liq muammolar



    Bugungi kunda Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan 4 tasi mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg„oqlarida joylashgandir:

    • Shantou EIH Shantou erkin iqtisodiy zonasi Guandun shahrining Shantou shahrida joylashgan. U ikki qismdan iborat: Birinchi qism Shantou shaxrining sharqiy qismini o„z ichiga olib 22,6 km2 maydonni egallaydi va ikkinchi qism Shantouning janubiy qismida joylashgan Guanjou yarim oroli bo„lib, 30 km2 maydonni egallaydi. Unda neft-kimyo, port infratuzilmasi, kiyim-kechak, oyoq-kiyim, elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning 95 %i Gonkong, Tayvan va Singapurga tegishlidir.

    • Shenjen EIH Xitoydagi eng yirik iqtisodiy hudud hisoblanadi va u Guandun provinsiyaning janubida joylashgandir. Hudud 327,5 km2 maydonni egallaydi. Unda umumiy hajmi 22,4 mlrd. AQSH doll.hajmidagi 17,5 mingta korxona faoliyat ko„rsatmoqda va ularning 85% i Gonkong kapitaliga asoslangandir. Ulardagi sarmoya kiritilgan asosiy sohalar yadro energetikasi, elektronika, mashinasozlik, xizmat ko„rsatish, moliya, yuqori texnologiyalar sohasi hisoblanadi.

    • Chjuxay EIH ham Guandun provinsiyasining janubida joylashgan. U G„arb tomonidan Marvarid daryosi bilan, Janubda Makao (Aomen) bilan chegaradosh. EIH 15,16 km2 maydonni egallaydi. Unda xorijiy kapital ishtirokidagi 4980 tadan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy investitsiyalar xizmat ko„rsatish, og„ir sanoat, elektronika, port va yo„l qurilishi sohalariga jalb qilinib, ularning 80 %i Gonkong, Makao, Tayvan va Singapur hissasiga to„g„ri keladi.


    • Download 0,73 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,73 Mb.