• Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar
  • Xitoy xalq respublikasi




    Download 0,73 Mb.
    bet2/15
    Sana16.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #100034
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из Erkin iqtisodiy hududlar 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

    Tayanch iboralar:
    Erkin iqtisodiy hududlar, “ochiq eshiklar” siyosati, raqobat, texnologiya, islohot, sanoat, eksport, investitsiya, integratsiya, qishloq xo„jaligi.
    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:

    1. Xitoyda EIHlar mamlakatda 1978-yilda boshlangan “ochiq eshiklar” siyosati asosida vujudga kelib, iqtisodiyotning “iqtisodiy mo„jiza”sini hosil qilishda muhim omil bo„lib xizmat qilib kelmoqda. Xitoyda EIHlarni tashkil etishdan avval AQSh, Yaponiya, Gongkong, Singapur, Tayvanlarni tajribasini chuqur va har tomonlama o„rganib chiqilgan. Mamlakatda tashkil etilgan EIHlar bir qator yutuqlarni qo„lga kiritishga o„z ta‟sirini ko„rsatdi.

    2. Xitoyda EIHlarlarni tashkil etishning ko„plab maqsadlari belgilab olingan bo„lib, amalda ularning barchasiga erishishga muvaffaq bo„ilb bormoqda. Ushbu maqsadlar orasida eng muhimlari sifatida Xitoyda 1980-yillardan tashkil etila boshlagan EIHlar orqali mamlakatdagi katta ishsizlik va kambag„allik darajasini bartaraf etishni alohida keltirib o„tish mumkin. O„tgan 40 yillik davrdan so„ng bugungi kunga kelib Xitoy xalqi farovon hayot kechiruvchilarga aylandi.

    3. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda arzon ishchi kuchi va xomashyo, qulay geografik-iqtisodiy joylashuv, to„yinmagan keng va juda katta iste‟mol bozorining mavjudligi, raqobatning kuchli darajada emasligi, xorijiy kapitalga juda katta ehtiyoj, davlat tomonidan yaratilgan qulay imkoniyat va imtiyozlar muhim omil bo„lib xizmat qildi. Shuningdek, EIHlarda infratuzilma 6 ta yo„nalishda – yo„llarni, suv, gaz quvurlarini, kommunikatsiyani, issiklik, elektr uzatish liniyalarini qo„yish va shuningdek, er uchastkalarini tekislash yo„nalishida tashkil etilgan.




    Download 0,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,73 Mb.