|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 54-59JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–28_Issue-5_May_2023
56
bolalar soni ko’p bo’lganligi, ba’zi bog’chalarda psixolog shtati yo’qligi bois, bolalar
bilan har kuni ishlash biroz qiyin masalaga aylanadi.
Shu boisdan maktab tarbiyachilari ham pedagog xodim sifatida bolalarning bilish
jarayonlari rivojlanishi uchun o’z xissalarini qo’shsa, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
Bolalar xotirasini rivojlantirish uchun bir qator xotira rivojlantiruvchi
metodikalardan foydalanishimiz mumkin. Ulardan biri sonlarni sanash metodikasi.
Bunda 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar tanlab olinadi va ular juft qilib sanaladi. Masalan
1-10, 2-9,3-8, 4-7… sonlar shunday sanashda davom etilib boriladi,uzluksiz davom
ettiriladi. Bu jarayon miyya hujayralarining ham ishlash jarayonini kuchaytiradi, shu
tahlid o’nliklar oshib boradi. Bu bolalarda matematik tafakkurni ham rivojlantiradi.
Ikkinchi metodikamiz farqini top metodikasidir. Bunda bolalarga xonadagi yoki
stol ustidagi buyumlrning o’rnini eslab qolish topshirig’i beriladi. So’ngra, ular boshqa
xonaga o’tib turadilar, xonadagi ba’zi jixozlarning o’rni almshtiriladi, birortasi olib
qo’yiladi. Xonaga bolalar chaqirilib ulardan qanday o’zgarish so’raladi. Bu bolalarda
geometrik xotirani yaxshilaydi.
Uchinchi mnemonika metodikamiz bu – so’zni o’zgartir metodikasi.
Bu jarayonda bola yoki bolalar guruhiga bir nechta so’zlar aytiladi, bolalarga bu
so’zlarning harflari o’zgartirilib, avvalgi so’zlar hamda yangi so’zlar juft qilib yoddan
aytishlari so’raladi. Bu metodika bolalarning solishtirma xotirasini rivojlantiradi, chet
tilini tez o’zlashtirishga yordam beradi.
To’rtinchi metodika bu – so’z xotirasini rivojalntirish yordam beruvchi –“ yangi
hikoya tuz metodikasi”. Bu metodika jarayonida har bir bolani o’rtaga chiqarib,
xonadagi jihozlar hamda bolalar ismlaridan foydalangan holda yangi gaplardan iborat
bolalarcha hikoyalar tuzish so’raladi, masalan, bugun men xonaga kelganimda Bobur
stulda o’tirgan edi, Aziza kasha еyotgan edi, Azim rasm chizayotgan edi, bog’cha
opam bolalarga list tarqatayotgan edi va hokazo.
Keyingi bosqichda bola o’rtoqlarining kiyimlari va jihozlarning rangini qo’shib
aytsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu metodika bolalarning xotirasini yaxshilash
bilan bir qatorda ularning yanada jamoaga birikishiga olib keladi, bu usulni yangi
kelgan bolalarda ko’proq qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Beshinchi usulimiz – ism shariflarni yodlab qol metodi.
Bunda dastavval bitta tasodifiy bolaning ism, sharifini yodlash aytiladi, bir qancha
vaqt o’tkach so’rab olinadi, ism shariflar soni bolaning xotira kuchiga qarab ko’paytirib
boriladi. Bu uslub bolaning eslab qolish jarayonini rivojlantirib qolmay, uning
tafakkurida rasmiy so’zlashuv jarayonini ham tezlashtiradi.
Unli – undosh metodi. Bu usulni bog’chadagi tayyorlov guruxi hamda
boshlang’ich sinf o’quvchilarida olib boorish zarur chunki ular harflarni tanishadi.
Bu metod jarayonida guruxdan ikkita bola ajratib olinadi. Ularga teng miqdoridagi unli
va undosh harf bilan boshlangan so’zlar aytiladi. Birinchisi unli bosh so’zlarni,
|
| |