|
-ish. Kallusni qayta ekish va kallus to‘qimasining o‘sish hususiyatlarini aniqlash
|
bet | 3/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 63,84 Kb. | | #122667 |
Bog'liq lab2-ish. Kallusni qayta ekish va kallus to‘qimasining o‘sish hususiyatlarini aniqlash
(kartoshka misolida)
Material va asbob-uskunalar: Petri likobchasidagi kallus, steril pinset, skalpel, Petri likobchalari, torsion tarozilar, spirt, spirtovka va gugurt.
Mavzuning mazmuni: Kallusni qayta ekish (o‘sish intensivligiga bog‘liq holda har 3-6 xaftada olib boriladi. O‘stirish sikli odatda to‘rt haftaga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt ichida kallus to‘qimasi o‘sishining egri chizig‘ini aniqlash uchun 4-5 marta (xar 5-7 kunda) kallusning og‘irligi o‘lchanadi. Har bir o‘lchash paytida har biridan 5-7 ta eksplantlar bo‘lgan 3 ta Petri likobchasi olinadi, egri chiziqni to‘g‘ri tuzish uchun, boshdan boshlab kallusli 20 ta Petri likobchasi olinishi kerak (hammasi bo‘lib 100 tortma). Har bir tortma 100-150 mgdan bo‘lishi kerak. O‘sish tafsilotlaridan tashqari, kallusning rangi va konsistensiyasi belgilanib boriladi. Naviga qarab kartoshka kallusining rangi oq, sarik, kulrang, och-qo‘ng‘ir bo‘ladi, kallusning eskirishi bilan rangi to‘qlashadi. Konsistensiyaga ko‘ra kallus zich va po‘k bo‘ladi. Po‘k kallus tezroq o‘sadi va suspenziya hosil qilishga moyil bo‘ladi. Zich kallus esa morfogenez uchun qo‘llaniladi. Odatda, kallusning initsiatsiyasi uchun auksinning ozuqa muhitidagi miqdori, o‘sish me’yorini ushlab turishdagiga nisbatan bir muncha ko‘proq bo‘ladi. Masalan, ozuqa muhitiga kallusning initsiatsiyasi uchun 6 mg/l 2,4-Dsolinsa, o‘sishni bir me’yorda ushlab turishga 3 mg/l 2,4-D solinadi.
Ishning borishi. Parafilm olinib, kallusli Petri likobchasi ochiladi. Kallus pinset bilan steril Petri likobchasiga olinadi, va skalpel bilan 300-150 mgli bo‘laklarga bo‘linadi. Torsion tarozi ichki qismi spirt bilan artiladi, pallasini pinset bilan ushlab spirtga solinadi va spirtovka alangasiga engil tutiladi. Steril sharoitda tortib olingan kallus to‘qimalari Petri likobchalariga 5 bo‘lakdan solinadi va konditsionerga qo‘yiladi. Uch haftadan so‘ng kallusning og‘irligi steril sharoitda o‘lchanadi.
|
| |