|
Xujayralarning kallus kulturalarini olish va ularning sifatini baxolash
|
bet | 6/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 63,84 Kb. | | #122667 |
Bog'liq labNAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Sellyuloza va inulinning farqi.
O‘simliklarda pektin moddalar qanday shaklda bo‘ladi?
Protopektin nimada eriydi, eruvchan pektin qanday holatga o‘tadi?
Pektin moddalari tarkibiga qanday kislotalar kiradi?
Oziq-ovqat sanoatida pektin moddalarining manbai.
Mevalar etilayotganda erimaydigan pektin eruvchan pektinga aylanishi nimaga bog‘liq?
Pektin moddalarning ahamiyati va ishlatilishi.
LABORATORIYA MASHG'ULOT-18
MAVZU: O‘SIMLIKLARNING YASHIL BARGLARIDAGI KRAXMALNI ANIQLASH.
Mashg'ulo’t shakli: laboratoriya ishi
Mashg’ulot mеtodi: «aqliy xujum»
Laboratoriya ishining maqsadi: Eruvchan uglevodlarga kiruvchi uglevodlar, dorivor o‘simliklar tarkibidagi uglevodlarni ahamiyatini o‘rganish. Eruvchan uglevodlar miqdorini aniqlashni o‘rganish. Dorivor o‘simliklar tarkibidagi kraxmalni aniqlashni o‘rganish.
Mavzuning ahamiyati: protеolitik fеrmеntlar, ularning xossalari va farmatsiyadagi o’rni haqidagi bilimlarni oshirish.
Ishning nazariy qismi
Uglevodlar o‘simliklar xayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organik birikmalardir. Ular o‘simliklar tarkibiy qismining 80 - 90 % ni tashkil qiladi. Uglevodlar fotosintez jarayonining asosiy mahsulidir. Ular o‘simliklarning nafas olish jarayonida parachalanib, ko‘p energiya ajratadi.
Uglevodlar hayotiy jarayonlarda muhim rol uynaydigan birikmalar nuklein kislota va yog‘lar hosil bo‘lishda alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Ular ildiz mevalarda ham zaxira modda sifatida ildizda ko‘p to‘planadi.
Uglevodlar tuzilishi va xususiyatiga qarab 2 ta katta guruhga: oddiy uglevodlar – monosaxaridlar va murakkab uglevodlar polisaxaridlarga bo‘linadi. Polisaxaridlar ikkita kichik gruxni tashkil qiladi. Bular molekulyar og‘irligi uncha katta bo‘lmagan oligosaxaridlardir va xaqiqiy polisaxaridlar. Monosaxaridlar bilan oligosaxaridlar ko‘pincha shakarlar deb ataladi.
Monosaxaridlar tarkibadagi karbonil guruhning joylanishiga qarab ikki xil izomer, yani aldoza va ketoza izomerini hosil kdladi. Tabiatda uchraydigan barcha monosaxaridlar D – qatoriga mansub bo‘ladi. Monosaxaridlar o‘simliklar tarkibida erkin holda kamdan – kam uchraydi. Ular, asosan, monosaxaridlarning boshqa hosilalari sifatada va polisaxaridlar shaklida uchraydi. Polisaxaridlar yuqori molekulyar birikmalar bo‘lib, molekulyar massasi bir necha mingga, xatto milliongacha etadi. Ular tamsiz bo‘lib, suvda erimaydi yoki kolloid eritma hosil qiladi, shuning uchun ham o‘simliklar tarkibida ko‘p to‘planadi. Kislotalar yoki fermentlar bilan gidrolizlanganda, oligosaxaridlar bilan monosaxaridlarga parchalanadi. Bir xil monosaxaridlardan tashkil topgan polisaxaridlar gomopolisaxaridlar deb ataladi. Agar polisaxaridlar tarkibida turli monosaxaridlar bo‘lsa, ular geteropolisaxaridlar deyiladi.
Pektin moddalar – bu birikmalar ham polisaxaridlar sinfiga mansub bo‘lib, ko‘pincha mevalarda, ildiz mevalarda va o‘simliklar poyasida uchraydi, O‘simliklarda pektin moddalar protopektin shaklida bo‘ladi. Protopektin suvda erimaydi. O‘simliklar to‘qimasi xlorid kislota bilan ishlangandan so‘ng pektin eruvchan holatga o‘tadi. Pektin moddalar poligalaktouronat kislotalardan tashkil topgan. Poligalatouronat kislotalar karboksil gruppalarning bir qismi metillangan bo‘lsa, ular pektinat kislotalar deb ataladi. Eruvchan pektin tarkibida metillangan gruxlar ko‘p bo‘ladi. Erimaydigan pektinni pektinat kislotaning kalsiyli tuzi deyish mumkin. Erimaydigan pektin mevalar pishishida eruvchan pektinga aylanadi va seret qismining etilishiga sabab bo‘ladi. Eruvchan pektin moddalar yopimshqoq modda hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun oziq – ovqat sanoatida ko‘p ishlatiladi. Oziq - ovqat sanoatida ishlatiladigan pektin moddalar manbai olmadir. Keyingi yillarda kungaboqar, tarvuz va lavlagidan ham pektin moddalar olinmoqda.
Omillar va shilimshiq moddalar bular geteropolisaxaridlar turkumiga kiradi, parchalanganda galaktoza, mannoza, glyukoza, ramnoza, va boshqa monosaxaridlar hosil qiladi. Bular suvda shishadi va kovushqoq eritmalar hosil qiladi. Bu moddalarga o‘riq olcha, olxuri, bodom daraxtlarining shikastlangan joyidan ajralib chikadigan elim misol bo‘ladi. SHilimshiq moddalar esa zixir, suli beda va sebarga o‘simliklari urug‘ida ko‘p bo‘ladi.
O‘simliklarda boradigan moddalar almashunuvi protsesslarida uglevodlar muxim ahamiyatga ega.
O‘simliklar tarkibida uchraydigan barcha polisaxaridlar va olisaxaridlar bir qator fermentlar ishtirokida avvalo monosaxaridlargacha parchalanadi. Keyinchalik erkin monosaxaridlarni energiyaga boy bo‘lgan birikmalar bilan reaksiyaga kiritib, fosforli efirlar hosil qilish tufayli erishiladi.
Erkin monosaxaridlarning fosforlanish reaksiyalari ularning parchalanishdagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
Monosaxaridlarni fosforli efirlari, yani glyukoza – 6 fosfat xujayra va to‘qimalarda ikki xil yo‘l bilan parchalanadi: anaerob- glikoliz va aerob - di - trikarbon kislotali sikli deb ataladi,
|
| |