|
O‘simlik xom ashyosini in vitro olish texnologiyasi
|
bet | 2/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 63,84 Kb. | | #122667 |
Bog'liq lab2. O‘simlik xom ashyosini in vitro olish texnologiyasi.
Hosil bo‘lgan birlamchi kallus eksplantantdan ajratib olinadi va muayyan (qattiq yoki suyuq) tarkibga ega bo‘lgan yangi ozuqa muhitiga ko‘chiriladi, va shu tariqa to‘qimaning o‘sishi ta’minlab turiladi. Kultivatsiya sikli 14 sutkadan 30 sutkagacha davom etadi. SHu vaqt mobaynida biomassa hajmi 15-20 marta oshadi, hujayralar esa kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi bo‘lgan moddalarni sintezlaydi.
Biomassani olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
- uskunalarni tayyorlash;
- ozuqa muhitini tayyorlash;
- ozuqa muhitini sterillash;
- to‘qimani ozuqa muhitiga ekish;
- biomassani o‘stirish;
- xom biomassani ajratib olish va quritish.
Kultivatsiya muhiti o‘z tarkibida quyidagi komponentlarni saqlashi kerak:
• Makroelementlar (azotli oziqlanishni eng yaxshi shakli bu – kaliy va ammoniy nitratlardir, shuningdek fosfor, oltingugurt, kalsiy va sulfatlar).
• Mikroelementlar (rux, marganets, alyuminiy, mis va boshqalar).
• Temir manbalari.
• Organik qo‘shimchalar (V1, V2, V6 vitaminlari, kalsiy pantotenat, nikotin kislotasi va boshqalar).
• Uglerod manbasi (uglevodli oziqlanishning eng yaxshi manbasi – 2-5% saxaroza, glyukoza va boshqa qandlar kam xollarda qo‘llaniladi).
• Fitogormonlar (o‘simliklarning o‘sish regulyatorlari) – auksinlar (hujayralarning o‘sishi va differensiatsiyasini boshqaradi) va sitokininlar (hujayralarning bo‘linishini indutsirlashtiradi (rag‘batlantiradi)).
Kultivatsiya ishlari qattiq va suyuq ozuqa muhitlarida o‘tkaziladi.
3. To‘qima kulturasini vaqtinchalik preparatini tayyorlash (jenshen, pushti rodiola, ungerniya, steviya).
O‘rganilayotgan ob’ektning kichik bo‘laklari (1–2mm) fiksatorga joylashtiriladi. Fiksator hujayraning barcha komponentlarning saqlanib qolishiga yordam beradi. Hujayra kulturalari uchun to‘rtdan bir qismi muz sirka kislotasi va to‘rtdan uch qismi 96% etil spirtidan iborat aralashma ishlatiladi. Fiksator hajmi fiksatsiya qilinayotgan material hajmidan 5-6 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Fiksatsiya vaqti – 6-12 soatni tashkil qiladi. Fiksatsiya ishlari o‘tkazilganidan so‘ng tadqiq etilayotgan ob’ekt atsetokarmin yoki atsetoarsein eritmasiga o‘tkaziladi va bir sutkaga qoldiriladi. SHundan so‘ng barcha preparatlashtirish ishlari buyum oynasida xlorgidrat tomchisi yoki 45% sirka kislotasida o‘tkaziladi. Obyekt xlorgidrat tomchisiga joylashtiriladi va usti qoplovchi oyna bilan yopiladi. Hujayralarning monoqatlamini olish uchun to‘qima bo‘laklari asta ezib quyiladi, buning uchun preparatlashtirish ignasi bilan qoplovchi oyna usti sekin bosib qo‘yiladi. SHundan so‘ng sekin urib qo‘yish yo‘li bilan hujayralarning tarqalishiga erishiladi. Keyingi bosqich – hujayralarni buyum oynasi bilan qoplovchi oyna orasida yoyishdir. Qoplovchi oyna ustiga filtr qog‘ozi qo‘yiladi, bosim beriladi, shundan so‘ng ignaning teskari tomoni bilan markazdan boshlab preparat chekkasi tomon aylana harakatlar qilinadi. Bu tadbir hujayralarning yoyilishi hamda xromosomalarning yaxshi tarqalishiga yordam beradi. Bu jarayonda qoplovchi oynani harakatga kelmasligi juda muhimdir. Aks holda hujayralar bir-biriga yopishib parchalanadi. Tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko‘rib chiqiladi.
|
| |