Xx asring ikkinchi yarmi insoniyat tarixida o‗ziga xos alohida davrni tashkil




Download 211,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.05.2024
Hajmi211,58 Kb.
#228196
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIRISh

1.3
 
LANDShAFTShUNOSLIK FANINING RIVOJLANISh TARIXI VA 
BOSQIChLARI. 
Landshaftshunoslikka oid eng dastlabki fikrlarning manbai V.V.Dokuchaev 
va uning ilmiy maktabiga mansub bo‗lib, tabiatshunoslik va geograf olim-larning 
izlanishlariga borib taqaladi. Tuproqshunos geograf olim, geografik zonallik 
qonuniyatini birinchi bor ilmiy asoslab bergan V.V.Dokuchaevning ta‘kidlashicha 
tabiatda bir jism, kuch yoki hodisa ikkinchisi bilan doimo o‗z-aro murakkab aloqada 
bo‗ladi va bu aloqadorlik vaqt o‗tishi bilan o‗zgarib tu-rishi mumkin. Uning 
fikricha tabiiy komponentlar, hodisalar alohida-alo-hida holda emas, balki bir butun 
hududiy majmua sifatida o‗rganilishi ke-rak. Tabiat zonasi iqlim, tuproq, o‗simlik, 
hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy mujassamalardir. Bu tabiiy mujassamalar 
haqidagi g‗oyaning yuzaga kelishi edi. V.V.Dokuchaevning tabiatning barcha jonli 
va jonsiz komponentlar orasi-dagi o‗zaro nisbatlar va aloqadorliklarni hamda ularni 
birgalikda rivojlan-tirish qonunlarini tabiatshunoslik fanlari ichida o‗ziga xos, yangi 
bir fan o‗rganishi kerak degan xulosaga kelgan. Ammo V.V.Dokuchaev "landshaft", 
"land-shaftshunoslik" so‗zlarini ishlatmagan bo‗lsa ham, o‗z fikrlari bilan tabiiy 
komponentlar haqidagi "Yangi geografiya"ni yuzaga kelishiga sababchi bo‗ldi. 
V.V.Dokuchaev g‗oyalarini keyinchalik uning ko‗pgina shogirdlari va hamfikr-lari 
fanning turli yo‗nalishlarida targ‗ib qilib, rivojlantirib bordilar. 
Tabiiy geografik majmua (landshaft)ni birinchi bor ifodalab berishga urinib 
ko‗rganlardan biri A.A.Borzov (1954)dir. Uning fikricha geografiya - yer yuzi 
to‗g‗risidagi fandir va u alohida hodisalarni o‗rganmasdan, balki ularni birgalikda 
o‗rganish kerak. Boshqacharok qilib aytganda, geografiya tog‗ jinslarini, iqlim, 
tuproq, o‗simlik va hayvonotni alohida-alohida o‗rganmaydi, hatto ularni har birini 


9
geografik tarqalishi ham geografiyaning emas, balki boshqa fanlarning vazifasidir. 
Geografiya esa yer yuzasining ayrim qismlarida bu hodisalar birgalikda qanday 
shaklni - landshaftni hosil qilishini, tuproqlar, suvlar, iqlim, o‗simlik, hayvonot va 
inson turli landshaftlarda qanday aloqa bo‗lishini, ularning o‗zaro tasiri qanday 
ko‗rinishlarda bo‗lishini o‗rganadi. Bir landshaftni ikkinchisiga qanday ta‘sir 
etishini aniqlaydi. Umuman yer yuzasi qanday landshaftlardan tuzilganligini 
tushnishga, ularning har birini mavjudligini, tarqalishini va o‗zaro ta‘sir qonunlarini 
tushuntirib berishga harakat qiladi. 
Landshaft haqidagi tasavvurni ifodalab berishga birinchilar qatorida L.S.Berg 
(1913) ham harakat qilgan. U o‗zining "Geografiyaning predmeti va vazifalari" 
nomli maqolasida landshaft haqidagi o‗z fikrini bayon qilar ekan shunday yozadi. 
"Geografik izlanishlarning natijasi ham tabiiy, ham madaniy landshaftlarni 
o‗rganish va ta‘riflab berishdan iboratdir", shu bilan birga landshaftlarni tashkil 
etuvchi omillar bir-biriga qanday ta‘sir ko‗rsatishi va qanday aloqada bo‗lishi ham 
o‗rganilishi kerakligini ta‘kidlab o‗tadi. 
L.S.Bergning ifodalashi bo‗yicha landshaft shunday bir joyki, unda relef
iqlim, o‗simlik va tuproq qatlami garmonik (uyg‗unlashib ketgan) bir- butunlikni 
tashkil qilib, Yerning ma‘lum bir tabiat zonasi bo‗ylab tipik qaytalanib turadi. Bu 
geografik landshaft haqidagi eng dastlabki ilmiy ta‘riflardan biri bo‗lib, unda 
landshaft tabiat zonasiiing bir qismi ekanligiga va u tabiiy geografiyaning predmeti 
ekanligiga ishora qilinadi. Ilmiy geografiyaning asosiy vazifasi tabiiy havzalarni, 
o‗simliklar, tuproq va hayvonot dunyosini o‗zining ma‘lum tarkibi va 
xususiyatlarini shunday rejada saqlab qoladiki, ular orasidagi o‗zaro ta‘sir 
jarayonlarida bir butunligi saqlanishi mumkin bo‗ladi. 
B.B.Polinov fikricha "landshaft" atamasi umumiy tushuncha bo‗lib, uning 
katta-kichik darajasi izlanishlarning miqyosiga bog‗liqdir. Shuning uchun turli 
taksonomik qiymatga ega bo‗lgan landshaftlarning aniqlash, xaritada ko‗rsatish 
mumkin bo‗ladi. Bundan tashqari B.B.Polinov landshaftlarni dinamik holatiga 
e‘tibor berib, landshaftlarning tarkibiy qismlari orasidagi o‗zaro bog‗liqlikni 
muvozanat holatda emas, balki u doimo harakatda bo‗ladi hamda landshaftlar 


10
evolyutsiyasining ya‘ni asta-sekin va muttasil rivojlanib borishi hamda uning 
landshaft o‗rnida boshqasi hosil bo‗lishi mumkinligini uqtirib o‗tadi. 
I.V.Larin (1926) ham dalada olib borgan landshaft tadqiqotlarini tabiiy 
geografik majmualar haqiqatdan ham ob‘ektiv mavjud bo‗lib, ularni aniqlash 
xaritaga tushirish va ta‘riflab berish mumkinligiga ikror bo‗ldi. 
R.I.Abolin, B.B. Polinov, I.V.Larin, A.D. Gojevlarning olib borgan tadqiqotlari 
natijasida yana bir narsa ayon bo‗ldiki, u ham bo‗lsa kichik mujas- samalarni tashkil 
qilar ekan, ya‘ni ular turli ko‗lamda bo‗lishi mumkin ekan. Ularning eng kichigini, 
tabiiy 
mujassamalarga 
boshqa 
bo‗linmaydiganini elementar landshaft, 
mikrolandshaft yoki epimorfa deb atalar ekan. 
Shunday qilib, 1930-yillarga kelib landshaft faqat geograflargina emas, balki 
ko‗pchilik tabatshunos olim va mutaxassislarni ham o‗ziga jalb etdi, ular tomonidan 
e‘tirof etila boshlandi. Shu vaqtlardan boshlab landshaft-shunoslik taraqqiyoti 
tarixida yangi bosqich, ya‘ni landshaft haqida tushunchani aniqlashtirish, landshaft 
haqidagi ta‘limotni nazariy jihatdan umumlash-tirish va muhimlashtirish bosqichi 
boshlandi. Ana shunday umumlashtirishlar-dan dastlabkisi, L.S.Bergning 
"SSSRning landshaft geografik zonalari" (1930) degan kitobidir. Unda yozilishicha 
,geografik landshaft shunday bir hodisa va jarayonlarning guruhlashgani yoki 
majmuasini, unda relef, iqlim, tuproq, suvlar, o‗simliklar qoplami va hayvonot 
dunyosi hamda insonning ho‗jaligidagi faoliyat ham uyg‗unlashib ketgan 
landshaftni tashkil qiluvchi omillarning o‗zaro ta‘siri va aloqadorligini 
o‗rganishdir, deb yozgan edi u. 

Download 211,58 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 211,58 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xx asring ikkinchi yarmi insoniyat tarixida o‗ziga xos alohida davrni tashkil

Download 211,58 Kb.
Pdf ko'rish