Xx asring ikkinchi yarmi insoniyat tarixida o‗ziga xos alohida davrni tashkil




Download 211,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana13.05.2024
Hajmi211,58 Kb.
#228196
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIRISh

2-
 
jahon urushidan keyingi yillar tarixida landshaftshunoslikka oid bo‗lgan 
qiziqish, landshaftlarni o‗rganishga bo‗lgan e‘tiborni kuchayishi aso-san 1960-


17
1970 yillarga to‗g‗ri keladi. Bu vaqtda landshaftshushslikka oid ilmiy ishlar
kitoblar, to‗plamlar ko‗plab nashrdan chiqa boshladi. Landshaft-shunoslik 
masalalari geografiya jamiyati s‘ezdlarida va landshaftshunoslik-ning butunittifoq 
majlislarida ko‗plab muxokama qilina boshladi. 
Muhokamaga qo‗yilgan masalalar quyidagilardan iborat edi: 
1. Landshaftshunoslikning nazariy masalalari. 2. Landshaft tadqiqot-lari 
metodikasi. 3. Amaliy landshaftshunoslik. 
1960-yillarning o‗rtalaridan boshlab kishilik jamiyatining atrof-muhitga 
bo‗lgan ta‘siri ortib kegganligi tabiiy boyliklardan foydalanish-dagn ho‗jasizlik, 
katta maydonlarda o‗rmonlarning qirqilib ketishi, unumli yerlardan, suvdan oqilona 
foydalanmaslik, suv havzalari, tuproq, havoning jadal sur‘atlar bilan ifloslanishi 
orqali tezda sezila boshladi. Endi u yoki bu hayvon yoki u o‗simlik to‗rini saqlab 
qolishgina emas, balki insonning o‗zi yashab turgan muhiti hisoblangan 
landshaftlardan bir butun holida muhofaza qilish, tiklash va yaxshilash muammosi 
dolzarb bo‗lib qoldi. Ana shunday murakkab va ko‗p mablag‗ hamda ko‗p mehnat 
talab 
qiladigan 
muammoni 
hal 
etishning 
ilmiy 
asoslarini 
yaratishda 
landshaftshunoslikning ahamiyati katta ekanligi ma‘lum bo‗lib qolgan edi. Natijada 
landshaftshunoslar oldida faqat landshaftlarni aniqlash emas, balki xaritaga tushirish 
va ularni ta‘riflab berish hamda ularni halk ho‗jalgining turli tarmoqlarini 
rivojlantirish nuqtai-nazaridan baholash landshaftlarning keyingi rivojlanishini 
insonniig halk ho‗jaligidagi faoliyati ta‘sirida qaysi yo‗nalishda borishini va 
o‗zgarishini oldindan aytib berish zaruriyati tug‗iladi. Bunday masalalarni ijobiy 
hal etish uchun landshaftshunoslik o‗zining an‘anaviy uslublaridan tashqari 
geokimyoviy, geofizikaviy va ekologik usulllridan foydalanishga majbur bo‗la 
boshladi. Landshaftshunoslarni landshaftlarda ro‗y beradigan modda-energiya 
almashinishi, landshaftlarni biologik imkoniyatlarini o‗rganish qiziqtira boshladi. 
Bunday masalalarni o‗rganish landshaftlarni bevosita joyida geografik yoki 
landshaft muhitlari tashkil qilib o‗rganishni taqoza etadi. Chunki landshaftlardagi 
biomassa va uning maxsuldorligi moddaning biologik aylanishi va biogeotsiklini 
suvning harakati va aylanishini modda va energiyaning 


18
landshaft komponentlari orasida, landshaftning marfologik qismlari orasida ham bir 
landshaft bilan qo‗shni landshaftllr orasida ko‗chib yurishi va taqsimlanishi kabi 
masalalarini o‗rganish shunday muhitlar tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Tabiiy geografik va landshaft muhitlarida to‗plangan aniq ma‘lumotlar tahlili 
natijasida anchagina nazariy xulosalar yuzaga keldi. Ulardan eng asosiysi landshaft 
yoki boshqa tabiiy geografiya mujassamalari jumladan geografik qobiqni ham 
geotizim deb qarash bo‗ldi. Shu bilan birga landshaft-shunoslikda funktsional 
dinamik landshaftshunoslik yo‗nalishi shakllana boshladi. 
Tabiiy geografik yoki landshaft muhitlarida olib borilgan kuzatishlar natijasida 
va to‗plangan ma‘lumotlar asosida u yoki bu landshaftni faqat makonda emas, balki, 
zamonda ham o‗zgarib turishini tadqiq qilish, matematik statistika tadqiqot 
usullaridan foydalanish va tadbiq qilish imkoniyatlari tug‗ildi. 
Umumiy landshaftshunoslikning shu kungacha bo‗lgan, kariyb 100 yillik 
rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu fanda bir necha ilmiy yo‗nalishlar 
hosil bo‗lganligini ko‗ramiz. 
Landshaftshunoslikdagi eng qadimgi va asosiy yo‗nalish tarkibiy - genetik 
yo‗nalishdir. Bu yo‗nalish namoyondalari asosan landshaftlarni aniqlash, xaritaga 
tushirish, ularni morfologik tuzilishini, gorizantal va vertikal tuzilishini ochib berish 
bilan shug‗ullanganlar. Bu yo‗nalish landshaftlar o‗ziga xos geomujassama sifatida 
kichikroq mujassamalar yig‗indisidan iborat degan g‗oyaga asoslanadi. 
Landshaftlarning shakllanishi va rivojlanishini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lgan 
yo‗nalishlardan yana biri antropogen landshaftshunoslikdir. Haqiqatdan ham yer 
yuzasida kishi ta‘siri bo‗lmagan inson tomonidan o‗zgartirilmagan tabiiy 
landshaftlar kam qolgan. Inson o‗z ta‘siri bilan landshaft hosil qiluvchi jarayonlarni 
murakkablashtiradi. Ko‗pincha ularni buzadi. Landshaftning morfologik tuzilishini 
oydinlashtirib yuboradi. Natijada tabiiy landshaftlar o‗rnida antronogen landshaftlar 
hosil bo‗ladi. Geotizimlar haqidagi ta‘limot ham shu yo‗nalishga kiradi. 
Landshaftshunoslik ham boshqa fanlar qatorida nazariy masalalar bilan 


birgalikda amaliy masalalarni hal etishga harakat qiladi va natijada yangi 
yo‗nalish, amaliy landshaftshunoslik yuzaga keladi. Amaliy landshaftshunos-
lik tadqiqotlarining asosiy mazmuni landshaft haqidagi ta‘limotning aso-siy 
nazariy qoida va usullarini halk ho‗jaligiga taalluqli masalalarni yechishga 
tadbiq etish demakdir. Bu borada bajarilgan dastlabki izlanishlar ko‗proq 
qishloq ho‗jaligi maqsadlarida bajarilgai bo‗lib, yaxshi natijalar beradi. 
Landshaft tadqiqotlarining iatijalari yangi yerlarni o‗zlashtirishda, yul 
transport kurilishi, shahar, qishloq, sanoat qurilishi va turli -tuman yirik 
inshoatlar qurilishida, sog‗liqni saqlash va rekreatsiya, tabiat muhofa-zasi 
bilan bog‗liq ko‗pgina tadbirlarning ilmiy asosini yaratishda katta ahamiyat 
kasb etishi mumkin, Madaniy landshaftlarni barpo qilish va land-shaftlarni 
samarador qilish, amaliy landshaftshunoslikning bir qismidir. 
Landshaftshunoslikdagi yangi yo‗nalishlardan yana biri - landshaftlarni 
prognozlash, ya‘ni landshaftlar taraqqiyotini, ularning u yoki bu ta‘sir 
natijasida o‗zgarishini oldindan aytib berish. Bu yo‗nalish dolzarb bo‗lishi 
bilan birga murakkab va sust rivojlanmoqda. 

Download 211,58 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 211,58 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xx asring ikkinchi yarmi insoniyat tarixida o‗ziga xos alohida davrni tashkil

Download 211,58 Kb.
Pdf ko'rish