1.4
FANNING RIVOJLANIShIGA HISSA QO‘ShGAN OLIMLAR.
O‘ZBEKISTONDA LANDShAFTShUNOSLIK FANINING RIVOJLANISh
DARAJASI.
L.S.Bergning landshaftlar, landshaft zonalari haqidagi dastlabki ish-lari bosilib
chiqishi bilanoq, boshqa rus tabiatshunoslari ayniqsa geobo-tanik, tuproqshunos,
o‗rmonshunos olimlar tomonidan landshaft haqidagi g‗oyaga qiziqish yanada ortib
ketdi. Ularning izlanishlari bilan bevosita yirik masshtabli aniq dala tadqiqot ishlari
boshlandi. Natijada dastlabki land-shaft xaritalari tuzila
11
boshlandi. Bunday izlanishlar, albatta amaliy maq-sadlarni ko‗zlagan holda ayniqsa
yangi yerlarni o‗zlashtirish maqsadida amalga oshirildi. Bir vaqtning o‗zida
landshaft tushunchasining ta‘rifi ham sayqal-lana boshladi.
O‗rmonshunos G.F.Morozov (1913) fikricha, har qanday hudud o‗zining tabiiy
sharoitiga qarab landshaftlarga, ya‘ni tabiiy birliklarga bo‗linadi. Bu birliklar bir
tomondan iqlim, ikkinchi tomondan geologik shart-sharoit, relef uchinchi tomondan
esa o‗simlik va hayvonot dunyosi kesishadigan nuqtaning yoki tugunni tashkil
qiladi.
Geobotanik R.I.Abolin (1914)ning ham landshaftshunoslik va tabiiy geografik
rayonlashtirishga oid izlanishlari e‘tiborga loyiq. Uning fik-richa yerning mujassama
landshaft qobig‗i (epigenema) tabiiy zonalanishga muvofiq holda epizonalarga, ular
esa o‗z navbatida joyning geologik, tekto-nik va orografik tuzilishga qarab
epioblastlarga, ular esa yana epitiplarga bo‗linadi. Epitiplar esa boshqa
bo‗linmaydigan kichik tabiiy birlik, epimorflardan tashkil topgan.
Bu tabiiy geografik rayonlashtirishning dastlabki taksonomik birlik-lar tizimi
edi. R.I.Abolinning 1929 yil tuzgan Qozog‗istonning janubiy qismini tuproq -
geobotanik xaritasi zsa o‗zining mazmuni jihatidan hozirgi zamon landshaft
xaritalaridan qolishmaydi.
1920 - yillarning o‗rtalariga kelib landshaftlarni xaritaga tushirish bilan
shug‗ullangan B. B. Polinov o‗zining "Landshaft va tuproq" (1925) degan asarida
landshaft tushunchasiga quyidagicha ta‘rif beradi: - Landshaft deb yer yuzasining
shunday bir qismiga aytiladiki, u yerda iqlim geologik yotqiziqlar, relef, suv mavjud.
Keyinchalik, 1938, 1947, 1948 yillarda L.S.Berg landshaft haqidagi tushunchani
aniqlashtirishga bir necha bor harakat qildi va landshaft tabiiy chegara bilan
chegaralangani, xususiyni umumiyga va umumiyni xusu-siyiga o‗zaro ta‘sir etib
turishni hamda landshaftlar o‗zgarib turishga moyil ekanini ta‘kidlab o‗tadi.
Bundan tashqari landshaft o‗z navbatida "fatsiya"-larga bulinishi fatsiyalar esa eng
kichik tabiiy geografik birlik sifatida boshqa bo‗linmasligini, shu bilan birga
fatsiyalarni hamma elementlari va ular orasidagi aloqadorlar bir turda ekanini aytib
o‗tadi. Landshaftlarni dinamik holatda bo‗lishi L.S.Bergning diqqat- e‘tiboridan
12
chetda qolmagan. Uning fikricha biron bir landshaft haqida to‗la tushunchaga ega
bo‗lish uchun u qachon va qanday sharoitda hosil bo‗lgan va keyinchalik qanday
ko‗rinishga ega bo‗lishidan xabardor bo‗lishimiz kerak. Landshaft taraqqiyotidagi
dinamik jarayonlarni fasliy tarixiy bo‗lishi hamda inson faoliyati ta‘sirida
rivojlanishini unutmaslik kerak.
Yirik landshaftshunos olim N.A.Solntsev ta‘biri bilan aytganda kim-ki
landshaft muammolari bilan shug‗ullanar ekan, albatta L.S.Bergning ilmiy ishlariga
murojat qiladi. Chunki u landshaftlar haqidagi ta‘limotining asoslarini yaratdi va
uning g‗oyalari asosida landshaftshunoslik rivojlana boshladi. Ammo L.S.Bergning
ishlaridan so‗ng landshaftshunoslik rivojlana boshladi. Ammo L.S. Bergning
ishlaridan landshaftning xajmi, katta-kichikligi yoki ko‗lami qanday, regional
birlikmi yoki tipologik birlikmi degan savollarga javob topish qiyin edi. Uning O‗rta
Sibir yassi tog‗ligi yoki Qozog‗iston burmali tog‗lari kabi katta-katta geografik
jihatdan anchagina murakkab tuzilgan hududlar ham alohida landshaftlarni hosil
qiladi deyishi yuqorida keltirilgan "landshaft yerning ma‘lum zonasi ichida tipik
aylanib turadi" degan fikriga mutlaqo ziddir.
Landshaftshunoslikni
taraqqiyot
tarixi
haqida
so‗z yuritilar ekan
L.G.Ramenskiy (1935-1938) fikrlari haqida to‗xtalib o‗tmasak bo‗lmaydi. Chunki
landshaftning morfologik tuzilishi haqida dastlabki fikrlar va landshaftshunoslikda
butun boshli bir yo‗nalishga asos bo‗lgan tushuncha ya‘ni "landshaftlar regional
birliklardir" degan tushunchani ilgari surgan ham ana shu L.G.Ramenskiydir. U
o‗zining 1935 yilda e‘lon qilingan maqolasida landshaftshunoslik uchun dastlabki
eng kichik birlik bo‗lib, tabiiy sharoit jihatidan bir turli bo‗lgan eng oddiy
mujassama - epifatsiyalardir deb yozadi.
Epifatsiyalar uning fikricha tabiatan o‗zidan kattaroq bo‗lgan mujassamalar
yoki tabiiy uchastkalarni tashkil qiladi va ular o‗z navbatida kelib chiqishi bir xil
bo‗lgan ko‗shni mikromujassamalar bilan birgalikda mezommujassamlar esa
makromujassamalarni ya‘ni landshaftlarning hosil qiladi. Landshaftlar bir-biridan
son va sifat o‗zgarishlari bilan farq qiladi. Shuning uchun har bir landshaft eng
kichik tabiiy rayon yoki mikrorayon bo‗lib xizmat qiladi.
13
Keyinchalik L.G.Ramenskiy (1938) mezon mujassamlarning urochishelar deb
atadi. Epifatsiyalarning ma‘lum bir guruhi ya‘ni o‗zaro bog‗liq va aloqador
bo‗lganlari birgalikda urochishelarni tashkil qiladi deb ataydi. Uning fikriga
qaraganda landshaftni tashkil qiluvchi urochishelar o‗zaro issiqlik, namlik va turli
moddalar almashinishi orqali bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq va aloqador hamda yaxlit
bir moddiy tizimdir. Bu landshaftlarning morfologik tuzilishini ochib berishga
qo‗yilgan dastlabki qadam edi.
Shunday qilib L.G.Ramenskiy landshaftlarni regional birlik sifatida o‗rganish
kerakligini targ‗ib qilgan va landshaftlarning morfologik tuzili-shi haqidagi
ta‘limotini ishlab chiqqan olimlardan birinchisi desak bo‗ladi.
Landshaft regional birlik degan tushunchaning tarafdorlaridan yana biri S. V.
Kalesnik (1940-1947) bo‗lib, uning fikricha har bir landshaft geografik qobiqning
ajralmas bir qismidir. Landshaft tabiiy geografiyaning asosiy birligidir.
Landshaftning kichik bo‗lgan mujassamalarining o‗rganish boshqa fanning
vazifasidir.
V.V.Dokuchaev izlanishlaridan boshlab, to 40-yillar boshlariga qadar bo‗lgan
davrda landshaftshunoslikning rivojlanish tarixiga qisqacha yakun yasab
quyidagilarni ta‘kidlashimiz mumkin:
1.
Landshaftshunoslik yuzaga kelishiga avvalo V.V. Dokuchaevning (1892)
tabiiy mujassamalar haqidagi g‗oyasi sabab bo‗ldi. 1990 yilga kelib, tabiiy
mujassamalar haqidagi yangi fan yuzaga kelishi ma‘lum bo‗lib qolgan edi.
2.
XX asr boshlarida bajarilgan A.A.Borzov, L.S.Berg, G.F.Morozov.
R.I.Abolin, B.B.Polinov, L.G.Ramenskiylarni ilmiy izlanishlarining natijasida
landshaft haqidagi ta‘limot yuzaga kela boshladi. Yirik masshtabli landshaft
xaritalarini yaratish jarayonida kattami-kichikmi tabiiy geografik mujassamalar
haqiqatdan ham obektiv mavjud ekanligi va ularni hosil qiluvchi komponentlari
xaqiqatdan bir-biriga chambar-chas bog‗liq va o‗zaro aloqador ekanligi ma‘lum
bo‗ldi.
3.
Nihoyat landshaftlar o‗zidan kichik bo‗lgan tabiiy mujassamalar urochi-she
va fatsiyalardan tuzilganligi, o‗zaro aloqadorligini landshaftlarning mor-fologik
14
tuzilishi haqidagi tushuncha paydo bo‗la boshladi.
1940-yillar oxirlaridan landshaftlarni o‗rganishga bo‗lgan qiziqish yanada
kuchaydi. Bu borada N.A.Solntsev va unga shogirdlari bajargan izlanish-lar
landshaftshunoslikning taraqqiyotiga salmoqli hissa bo‗lib kirdi.
Bu vaqtga kelib tabiiy geografik mujassamalar, jumladan landshaftlarning ham,
tabiiy komponentlarning ham o‗zaro bog‗liq tizimi ekanligi va ular turli taksonomik
qiymatga ega ekanligi haqida tushunchalar mavjud bo‗lib, geografik matbuotda
landshaftshunoslikka oid muammoli masalalar tez-tez muhokama qilina boshlandi.
Turli hududlarda dalada olib boriladigan landshaft izlanishlari o‗tkazila boshlandi
va turli aniq malumotlar asosida landshaftlarning tadqiqot usullari ishlab chiqila
boshlandi. Oliy o‗quv yurtlarida "Landshaft haqidagi ta‘limot asoslari" kursi
o‗qitila boshlandi. Ammo, hali ko‗pincha kamchiliklar mavjud bo‗lib, ularning
asosiysi landshaftshunoslikning umumiy nazariyasi ishlab chiqil-magan edi.
Landshaft izlanishlarining amaliyot bilan bog‗lanishi hali sust borayotgan.
Landshaftshunoslikning nazariy asoslarini yaratish va uni halk ho‗jaligida
foydalanishda landshaftlarni xaritaga tushirish ishlarining ahamiyati katta ekanligi
hammaga ayon bo‗lib qolgan edi.
1949 yilda N.A.Solntsevning "Geografik landshaftning morfologiyasi haqida"
degan kattagina ilmiy maqolasi bosilib chikdi. U landshaftshunos-likning keyingi
taraqqiyotiga ta‘sir ko‗rsatdi. Bu maqolada landshaft tushun-chasiga yanada
to‗larok ta‘rif berish bilan birga landshaftning marfologik tarkibsi haqila, uni
o‗rganishning amaliy ahamiyati haqida so‗z yuritiladi.
N.A.Solntsev landshaftshunoslik nazariyasining rivojlanishiga qo‗shgan yana
bir hissasi shundan iboratki, u yangi ilmiy yo‗nalishiing asosiy tushun-chalarini
ishlab chiqdi, dalada olib boriladigan landshaft tadqiqotlarishing hamda dalada
to‗plangan ma‘lumotlardan amaliyotda foydalanish yo‗llarini ko‗rsatib berdi.
Bundan tashqari N.A.Solntsev landshaftshunoslikka yana ikki-ta ''landshaft turi" va
"landshaftning tabiiy komponentlari" tushunchalarini kiritdi. Landshaft turi
tushunchasi landshaftning umumiy zonal xususiyat-lariga e‘tiborni qaratdi va
geografik jarayonning turiga bog‗liq bo‗ladi.
15
Landshaftlar dinamikasi haqida gap borganda N.A.Solntsev eng asosiy
masalalardan biri landshaftning har bir komponentining o‗rni va ahamiyatini hamda
jonli va jonsiz tabiatning o‗zaro aloqadorligidagi ahamiyatini aniq-lab olish deb
hisoblaydi. Tabiiy mujassamalarning beshta komponenti bir-biriga o‗ziga xos
omillar orqali ta‘sir etib turadi va bu ta‘sirlar teng emas. Omillardan ta‘siri kuchlisi
litogen omil bo‗lsa, kuchsizi biotik omillardir.
Landshaftning tabiiy imkoniyati deganda esa har bir landshaftda mavjud
bo‗lgan, ammo insonning ta‘sirisiz foydalanish mumkin bo‗lgan ichki imkoniyatlar
nazarda tutiladi.
1953 yili A.G.Isachenkoning «Tabiiy geografiyaning asosiy masalalari» nomli
kitobining bosilib chiqishi landshaftshunoslik va tabiiy geografiyaning taraqqiyot
tarixida alohida va katta voqea bo‗ladi. Bu kitobda landshaftlar haqidagi
ta‘limotning rivojlanishiga dastlabki yakun yasaldi va landshaftshunoslikka oid
bo‗lgan munozarali muammolar ma‘lum ma‘noda tanqidiy baholandi. Landshaft
haqida
tushuncha,
landshaftning
katta-kichikligi,
uning
boshqa
tabiiy
mujassamalarga nisbatan ko‗lami haqidagi turli tafovutli fikrlar ham aniqlanadi.
A.G.Isachenko fikricha landshaft geografik qobiqning genetik jihatdan o‗ziga
xos bir qismiki, u zonal va azonal jihatdan bir turligi bilan ya‘ni, umuman tabiiy
geografik jihatdan bir turligi bilan tavsiflanadi va o‗ziga xos tuzilishi hamda o‗ziga
xos morfologik tarkibga egadir. Uning fikricha landshaft tabiiy geografik
rayonlashtirishning eng asosiy birligi bo‗lib zonal xususiyatlari bo‗yicha ham,
azonal xususiyatlari bo‗yicha ham bir butun bo‗lib boshqa bo‗linmaydi. Landshaft,
agar o‗zidan kichik mujassamalarga bo‗linsa u o‗zining zonal yoki azonal
xususiyatini yo‗qotib qo‗yadi.
Landshaftshunoslik bo‗yicha birinchi o‗kuv qo‗llanmaning muallifi ham
A.G.Isachenkodir. Uning 1965 yil nashr qilingan "Landshaftshunoslik asoslari va
tabiiy geografik rayonlashtirish" qo‗llanmasi keyinchalik qayta ishlanib, 1991 yil
darslik sifatida yana shu nom bilan bosmadan chiqarildi. Unda hozirgi zamon
landshaftshunosligining nazariy asoslari bayon qilingan.
Landshaftshunoslik fanining taraqqiyotiga o‗ziga xos munosib hissa qo‗sh-
16
gan taniqli olimlardan yana biri F.N.Milkovdir. U keyingi qariyb 40-45 yil
mobaynida landshaftshunoslikda o‗ziga xos yo‗nalishning, ya‘ni "landshaft-
umumiy tushunchadir" degan g‗oyaga asoslangan yo‗nalishning shakllanishiga
katta hissa qo‗shdi.
F.N.Milkov fikricha, landshaft tushunchasi iqlim, tuproq, o‗simlik
tushunchalari kabi umumiy tushunchadir. Bu tushuncha hududning katta yoki
kichikligidan qat‘iy-nazar tadbiq qilinishi mumkin. Masalan, o‗rmon landshafti,
iqlim, cho‗llar landshafti, tog‗lar landshafti, botqoqliklar kabi. Uning ta‘kidlashicha,
landshaft o‗zaro bog‗liq va aloqador bo‗lgan tabiiy narsalar va hodisalar
majmuidan iboratdir va bizning ko‗z oldimizdan tarixan shakllangan doimo
rivojlanishida bo‗lgan hamda turli taksonomik qiymatga ega bo‗lgan tabiiy
geografik mujassamalar ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Landshaftshunoslik ko‗lami
jihatdan cheklanmagan. Jumladan, Yerning landshaft qobig‗ini ham o‗rganadigan
fandir.
Landshaft qobig‗i deganda F.N.Milkov boshqa tabiatshunoslar kabi geog- rafik
qobiqning o‗zinigina emas, balki uning ichida mavjud bo‗lgan nisbatan yupqa,
o‗ziga xos o‗rtalik qobiqni tushunadi. Bu qobiq atmosfera, litosfera va
gidrosferaning kesishgan va bir-biridan faol ta‘sir etib turadigan modda va energiya
almashinishi jadal ro‗y beraligan organik hayot qaynagan qismida hosil bo‗ladi.
F.N.Milkov ta‘biri bilan aytganda, landshaft qobig‗i geogra-fik qobiqning biologik
fokusidir. Geografik qobiq tabiiy geografiyannng o‗rganish ob‘ekti bo‗lsa, landshaft
qobig‗i landshaftshunoslik fanining ob‘ektidir. Landshaft qobig‗i geografik
qobiqdan yulib olingan holda emas, balki uning eng ajoyib va o‗ziga xos qismi
sifatida o‗rganiladi. Landshaft va Yerning landshaft qobig‗i haqidagi fikrlarni
F.N.Milkov o‗zining qator ilmiy asarlari va o‗kuv qo‗llanmalarida (1959, 1967,
1970, 1990) keltiradi. Voronej davlat universitetida landshaftshunoslikning va
undagi yangi yo‗nalish antropogen landshaftshunoslikning yuzaga kelishi va
rivojlanishi ham F.N.Milkov nomi bilan bog‗liqdir.
|