“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
245
innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
-eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasiga
asoslangan qishloq
xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish boʻyicha
takliflar kiritish;
-agrar sektorda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada
avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy koʻrsatkichlarni
yaxshilash,
shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini
beruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
joriy etishga
koʻmaklashish;
-qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu
jumladan yirik riteylerlar yordamida ta’minlash orqali savdo bozorlarini va ularni
54 toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni kengaytirishga koʻmaklashish kabi masalalar
belgilab berilgan” [1].
Boshqacha
qilib aytganda, biz Qoraqalpogʻistonni ishlab chiqarishda
innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi boʻlgan
barqaror bozor
iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek,
qulay investisiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan hududga
aylantirishimiz lozim.
Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekistonning yirik hududlaridan biridir boʻlib,
uning
ekologik sharoitlari va geografik konumlari xususiyatlari bilan qishloq xoʻjaligi
uchun kuchli potentsialga ega.