|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
36
energiya manbalarini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun ishlatilgan.
"Yashil obligatsiyalar" atamasining oʻzi hali paydo boʻlmaganiga qaramay, bu faqat
ekologik tashabbuslar, xususan, keskin iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi iqlim
obligatsiyalari uchun mablagʻ toʻplash uchun qimmatli qogʻozlarning birinchi
chiqarilishi edi.
2008 yilda allaqachon rasman nomini olgan Yashil obligatsiyalar Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tomonidan chiqarilgan. Yigʻilgan mablagʻlar
Oslo universiteti ekspertlari tomonidan mustaqil baholangan loyihalarni
moliyalashtirishga sarflandi. Bu birinchi marta loyihalarni barqaror rivojlanish
maqsadlariga sodiqligi uchun sinovdan oʻtkazuvchi maxsus ekologik mezonlar
qoʻllanildi. Garchi 2007 yilgacha bir qator mamlakatlar atrof-muhitni muhofaza
qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqargan boʻlsa-da, yangi
yondashuv obligatsiyalar chiqarishni mablagʻlarni sarflashning muayyan sohalari
bilan qat'iy bogʻlash edi.
Oʻzbekiston esa ilk bor 2023-yilda 4,25 trln soʻm miqdoridagi yashil suveren
xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni
London fond birjasida joylashtirdi.
Yashil obligatsiyalar boʻyicha kelib tushadigan mablagʻlar suv tejovchi
texnologiyalarni joriy qilish, temir yoʻl transporti va metro transportini
rivojlantirish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni
ta’minlash, shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi
ihota daraxtzorlari barpo etish kabi yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun
yoʻnaltiriladi. Bunday loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan millatlar
tashkilotining rivojlanish dasturi (UNDP) jalb qilingan. Yashil obligatsiyalar dasturi
boʻyicha “Sustainalytics” tomonidan ikkinchi taraf ijobiy xulosasi olingan.
Oʻzbekistondagi yashil obligatsiyalar bozori nisbatan qisqa tarixga ega, ammo
shuni koʻrish mumkinki, ushbu vositaning mashhurligi yil sayin tez sur’atlar bilan
oʻsib bormoqda, bu esa uning ulkan salohiyatini tasdiqlaydi. Yashil obligatsiyalar
atrof-muhitga
ijobiy
ta'sir
koʻrsatishga
qaratilgan
ijtimoiy
mas'uliyatli
investorlarning keng doirasini jalb qiladi.
|
| |