|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
35
uchun miqdoriy koʼrsatkichlarni aniqlashi hamda vazifalar va aniq miqdoriy
koʼrsatkichlarni milliy strategik hujjatlarda belgilashi kerak. Bugungi kunda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Departamentida
(UNDESA) Barqaror Rivojlanish Maqsadlari boʻlimi (DSDG) BRMlar va ular bilan
bogʻliq tematik masalalar, shu jumladan suv, energetika, iqlim, okeanlar,
urbanizatsiya, transport, fan va texnologiyalar uchun moddiy yordam koʻrsatish va
salohiyatni oshirish boʻyicha ishlarni ta'minlaydi.
Ayni davrda mamlakatlar fond bozori orqali investitsiyalarni jalb qilishda
yangi termin, ya’ni GREEN BONDS (Yashil obligatsiyalar) iqtisodiy
kategoriyasidan foydalanib kelinmoqda. Xoʻsh, bu qanday moliyaviy instrument va
u nima taqdim qila oladi? - degan savol muhim sanaladi.
Yashil obligatsiyalar - bu ekologik vaziyatni yaxshilash yoki hech boʻlmaganda
tabiatga
etkazilgan
zararni
minimallashtirishga
qaratilgan
loyihalarga
investitsiyalarni jalb qilish uchun chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari.
Obligatsiyalarni chiqarishdan tushgan mablagʻlar qimmatli qogʻozlarni chiqarish
boʻyicha hujjatlarda toʻgʻri tavsiflanishi kerak boʻlgan yashil loyihalarni amalga
oshirish uchun ishlatiladi. Barcha koʻrsatilgan yashil loyihalar emitent tomonidan
sifat va, agar iloji boʻlsa, miqdoriy xususiyatlar boʻyicha baholanishi sharti bilan
ekologik foyda keltirishi kerak
56
.
Green bonds ya’ni yashil obligatsiyalarni emissiya qilish tamoyillari quyidagi
1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Yashil obligatsiyalar orqali investitsiya jalb qilish tamoyillari
57
Yuqoridagi 1-rasmda keltirilgan tamoyillar ekologik maqsadlarga hissa
qoʻshadigan bir nechta keng toifadagi yashil loyihalarni aniq ta'minlaydi.
Yashil obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan sof tushum yoki ushbu sof
tushumga teng miqdor alohida portfelda saqlanadigan yoki emitent tomonidan
alohida hisobga olinadigan alohida hisob raqamiga oʻtkazilishi kerak. Hisoblash
usuli emitent tomonidan yashil loyihalarga nisbatan kredit va investitsiya
operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq alohida ichki tartib shaklida
belgilanishi kerak.
Yashil obligatsiyalar bozorining paydo boʻlishi odatda 2007 yil deb
hisoblanadi, oʻshanda Yevropa investitsiya banki 600 million dollarlik iqlim
obligatsiyalarini (Climate Awareness Bonds) chiqargan - bu obligatsiyalar muqobil
56
https://cbonds.ru/glossary/green-bond/
57
Muallif ishlanmasi
iqlim o'zgarishini yumshatish
iqlim o'zgarishiga moslashish
tabiiy resurslarni saqlash
biologik xilma-xillikni saqlash
ifloslanishning oldini olish va nazorat qilish
|
| |