|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
34
jumladan, radiatsiya boʻyicha) davlat monitoring turi (tarmogʻi); -tabiiy muxitga
ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarish va tashlab yuborishni nazorat qiluvchi
idoralar tizimi;-tabiiy muxitning ekohalokat orqali ifloslanishi bilan bogʻliq
favqulotda vaziyatni tezkor aniqlash, tahlil va bashorat qilish tizimi.
Yashil iqtisodiyot tizimini boshqarish gʻoyat murakkab muammo boʻlib, u
qator masalalarni hal etishni talab qiladi. Zero, bu sohada ekologik siyosat,
menejmentning huquqiy asoslari, davlat institutsional mеxanizmi, ma’muriy
tartibga solishni axborotlar bilan ta’minlash gʻoyat muhim ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Mahkamovich S.A., Parmanovich I.A. Korxona faoliyati samaradorligini
ta’minlashda transformatsiyalashning oʻrni va roli // Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 800-
805.
2. Maxkamovich S.A. Iqtisodiyotni transformatsiyalash sharoitida klasterlar
faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ba’zi tavsiyalar // International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 164-166.
3. Гаппаров Б.Н. Экологические проекты как психологический метод
экологического управления // Технологии социальной работы в различных
сферах жизнедеятельности. – 2020. – С. 103-106.
GREEN BONDS (YASHIL OBLIGATSIYALAR) EMISSIYASI ORQALI
INVESTITSIYLAR JALB QILISH ZARURIYATI
A.Shomirov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti
Bugungi kunda iqtisodiyotni turli sohalariga investitsiyalarni jalb qilish
jarayoni dolzarb masalaga aylanib ulgurgan. Lekin davr va zamonlar oʻzgarishi bilan
jalb qilinayotgan investitsiyalarning tabiat hamda atrof-muhitga ta’sir etishi mumkin
boʻlgan salbiy asoratlarini eng rivojlangan mamlakatlar boʻladimi yoki
rivojlanayotgan davlatlar boʻladimi, albatta oʻrganib chiqishmoqda. Ya’ni shunday
moliyaviy mexanizmlar yoki instrumentlar yaratish kerakki, global iqlimni boricha
saqlab qolish, kelajak avlodga ona tabiatni bor elementlari bilan qoldirish
imkoniyatini taqdim etsin.
Yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham
oʻtgan XX-asrning 80-yillaridan boshlab turli termin va atamalardan foydalana
boshladi, jumladan, barqaror rivojlanish maqsadlari – bu Birlashgan Millatlar
Tashkilotining dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama
yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush
farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan global
chaqirigʼidir. Barqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda
katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli
vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq
miqdoriy maqsadlar mavjud emas. Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi,
yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish
ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish
maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan. Mamlakatlar ushbu maqsadlarni oʼzining
milliy sharoitlariga moslashtirishi, har bir vazifaga tegishli statistik koʼrsatkichlar
|
| |