|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 349/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
347
uchun investitsion faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham
hukumatimiz tomonidan davlat va korporativ tuzilmalar hamkorligidagi investitsion
faoliyatning huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlashga katta e’tibor
qaratilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng
jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish,
boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash,
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik
boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish
maqsadida qabul qilinib, hozirgi kunda aksiyadorlik jamiyatlari va davlat oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatlarda tub burilishlarni yuzaga kelishiga hamda ular orasidagi
investitsion munosabatlarni samarali tashkil etilishi boʻyicha huquqiy asoslarning
mustahkamlanishiga sabab boʻlmoqda.
Bugungi kunda davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy tajribalarni
chuqur tahlil qilgan holda resurslardan samarali foydalanish, chet el kapitali
ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish, aksiyadorlik jamiyatlariga mahalliy va xalqaro bozorlarda samarali faoliyatni
tashkil qila oladigan yuqori malakali menejerlarni jalb qilish, korporativ boshqaruv
strukturasini tubdan isloh qilish kabilarga katta e’tibor berilayotganligini
koʻrishimiz mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investor va menejerlarni keng jalb etish,
korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni
tashkil etish hamda uni tashqi bozorlarga olib chiqishda ularning faol ishtirok
etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek aksiyadorlik
jamiyatlarining ustav kapitallarida davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish
hisobidan iqtisodiyotda davlatning ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida
islohotlar olib borilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning mahalliy va xalqaro
bozorlarda samarali faoliyat yurita oladigan aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil
etishga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida bugungi
kunda
mamlakatmizda
aksiyadorlik
jamiyatlarida
zamonaviy
korporativ
boshqaruvni tashkil etishga erishilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa sifatida
keltirishimiz mumkin:
‒
aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushini
oshirish aksiyadorlik jamiyatlarining mahalliy va xalqaro moliya bozorlarida amalga
oshiradigan operatsiyalarining samaradorligi ta’minlanishiga zamin yaratadi;
‒
xorijiy
investitsiyalar
ishtirokida
tashkil
etiladigan
aksiyadorlik
jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruvni tashkil etish uchun sharoit
yaratiladi va korporativ boshqaruv qarorlarining samaradorligi ta’minlanadi;
-
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlaridagi oʻrtacha ustav kapitali
miqdori davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlaridagi oʻrtacha
|
| |