|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 350/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
348
ustav kapitali miqdoriga qaraganda ortiqligini koʻrishimiz mumkin. Shuning uchun
davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali oshishini
davlat tomonidan ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir;
-
ustav kapitalida xoʻjalik boshqaruv organlarining ishtiroki mavjud boʻlgan
aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ulushi boʻlmasa ham ulardagi korporativ
boshqaruv faoliyatiga davlat ta’sir koʻrsatishi mumkin. Chunki, bunday aksiyadorlik
jamiyatlari ustav kapitaliga davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ulush
kiritgan. Xoʻjalik boshqaruv organlari faoliyatini rivojlantirish va ular boshqaruvida
aksiyadorlik jamiyatlarini oshirish iqtisodiyotga davlat bevosita ishtirikini nisbatan
kamaytiradi. Shuning uchun bugungi kunda davlat ulushining xoʻjalik boshqaruv
organlariga taqdim etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
OʻZBEKISTONDA IPOTEKA KREDITLARINING AMALDAGI HOLATI
TAHLILI
S.Omonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD
N.Yuldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Aholining uy-joyga boʻlgan talabi oshib borishi hamda ularni uy-joy bilan
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ipoteka kreditlar
hajmining oshishiga sabab boʻldi. Rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning
sogʻlomlashuvi ipoteka kreditlash tizimining rivojlanishi bilan birga kuzatib
borilgan. Ipoteka tizimining rivojlanishi iqtisodiyot real sektorining rivojlanishiga
juda katta ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
1-jadval
Ipoteka kreditlari asosiy koʻrsatkichlari
283
Koʻrsatkichlar
2019 yil
2020 yil
|
| |