|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 353/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
350
Ipoteka kreditlash tizimi, bir tomondan, barqaror daromadga va past darajadagi
jamgʻarmalarga ega boʻlgan fuqarolarning uy-joy sotib olishlari uchun imkoniyat
yaratsa, ikkinchi tomondan, mablagʻlarni maqsadli investitsiya qilish orqali qurilish
sohasi va uy-joylar uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan boshqa
sanoat sohalari rivojlanishining poydevori boʻlib xizmat qiladi. Uy-joyni kreditlash
uy-joy sektori bilan bogʻliq boshqa barcha tarmoqlar (sohalar) rivojlanishining ham
asosini yaratadi va iqtisodiyotning real sektorida qoʻshimcha ish oʻrinlarini yuzaga
keltiradi. Uy-joyni ipoteka kreditlash hajmining oʻsishi uy-joy sohasining
rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi va oʻz navbatida, uy-joy qurilishi hajmining
kengayishi iqtisodiyotning uy-joy sohasi bilan bogʻliq boshqa tarmoqlarining ham
rivojlanishiga turtki boʻlib xizmat qiladi.
Ipoteka mamlakat bank tizimi amal qilishining barqarorligi va samaradorligini
oshirish uchun ham katta ahamiyatga ega. Koʻchmas mulk bilan ta’minlangan
kreditlar banklar uchun koʻproq xavfsizroq, chunki kredit qaytarilmaganda bank
garovni sotib, oʻz mablagʻlarini qaytarib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Buning
uchun, koʻchmas mulkni toʻgʻri baholash va rivojlangan koʻchmas mulk bozori
zarur. Ipoteka kreditlashda xatarning pasayishi shuningdek ssudaning maqsadli
xarakterini qoʻllab-quvvatlaydi. Koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalar tijorat
banklarining joriy kredit operatsiyalari bilan solishtirganda, kam xatarli boʻlib
hisoblanadi.
Uy-joyni ipoteka kreditlash shubhasiz bank faoliyatining istiqbolli
yoʻnalishidir. Ipoteka banki nisbatan barqaror va rentabelli iqtisodiy institut boʻlib
hisoblanadi. Shuning uchun, bank tizimida bunday ishonchli banklar qanchalik koʻp
boʻlsa, uning iqtisodiy tizimdagi faoliyati ham shunchalik barqaror va samarali
boʻladi. Ipoteka banklari milliy darajada odatda assotsiatsiyalarga birlashadilar.
Shuningdek, ipoteka banklari assotsiyatsiyalari doirasida ipoteka banklariga
joylashtirilgan qoʻyilmalarni kafolatlovchi qoʻshimcha zaxiralarning yaratilishi
bank tizimini yanada mustahkamlaydi.
Ipoteka kreditlash tizimining bank tizimi barqarorligiga ta’sirining yana bir
muhim tomoni mavjud. Bu garov xatlari bilan ta’minlangan ssudalar ikkilamchi
bozorining amal qilishi bilan bogʻliq boʻlib, ushbu bozor kapitalning iqtisodiyotning
eng rentabelli sohasiga koʻchishini (bank kapitalining diversifikatsiyalanishini)
qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek turli geografik hududlarda foiz stavkalari
oʻrtasidagi farqni qisqartirib, mamlakat miqyosida kapitalning yagona narxi
lozim;
- qarz oluvchini (birgalikda qarz oluvchi) oʻrtacha oylik daromadi
15 mln.soʻmdan oshmasligi lozim;
- kredit hisobiga xarid qilinayotgan uy-joy (xonadon) ustidan
oxirgi 2 oy davomida notarial harakatlar amalga oshirilmagan
boʻlishi lozim (oldi-sotdi, meros, hadya va h.k.);
- ≤ 74% (kredit summasining garov summasiga nisbati);
- ajratilgan kreditni kamida 35% qismi ayollar boʻlishi lozim;
- qarz yuki 50 foizdan oshsa kredit ajratilmaydi;
- kreditning muddati kelgan qismini qarz oluvchining (birgalikda
qarz oluvchilar) tijorat banklardagi bank kartasidan akseptsiz
tartibda mablagʻlar yechib olinadi
|
| |