|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 355/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
352
funksiyalari va amalga oshiradigan vazifalari, bajaradigan ishlariga bogʻliq holda
tashkil qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv mexanizmini tashkil etilishi
yoki kompaniya moliyaviy boshqaruvining tashkiliy tuzilishiga e’tibor bersak,
AQSh yoki Yevropa mamlakatlarida faoliyat yurituvchi aksariyat kompaniyalarda
moliyaviy boshqaruvning tashkiliy tuzilishi ularning faoliyat turlaridan kelib
chiqqan holda boʻlim va boʻlinmalarga ajratilib, ularning aniq vazifa va
majburiyatlari belgilab olinadi. Yirik va oʻrta korxonalarda odatda moliyaviy
boshqaruvni amalga oshirish uchun bosh ijrochi direktor
(Chief executive officer -
CEO)
va moliyaviy masalalar boʻyicha vitse-prezident yoki moliyaviy menejer
(Chief Financial Officer - CFO
) tayinlanadi hamda tegishli boʻlim va boʻlinmalar
bevosita ularga boʻysunadi. Yirik kompaniyalarda moliyaviy faoliyat ikkita asosiy
yoʻnalishga ajratilib, ularning birinchisini gʻaznachi
(moliyaviy boshqarma boshligʻi
- treasures),
ikkinchisini esa bosh buxgalter
(controller)
boshqaradi hamda ular
bevosita moliyaviy menejerga boʻysinuvchi boʻlinmalar hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda yirik korxonalarda gʻaznachi va bosh buxgalterning ham
alohida vazifalari va majburiyatlari belgilangan boʻlib, ular bevosita oʻz faoliyat
yoʻnalishlari, vakolatlari doirasida yuqori boʻlinmalarga boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadilar. Zamonaviy boshqaruv
sharoitida bosh moliyaviy menejer boshqaruvning yoki direktorlar kengashining
a’zosi xisoblanib, boshqaruv ierarxiyasida muhim oʻringa ega. Bosh ijrochi direktor
bilan birga moliyaviy menejer aksionerlar oldida teng javobgarlik va mas’uliyatni
oʻz zimmasiga oladi hamda biznesning egalari va investorlarga moliyaviy natijalar
boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi. Oʻz navbatida moliyaviy masalalar boʻyi vitse-
prezidentning nomzodini alohida tartibda direktorlar kengashi tomonidan
tasdiqlanadi. Ushbu holat, uning bosh ijrochi direktordan mustaqilligini anglatib,
oʻzining xatti-xarakatlari va amalga oshiradigan ishlari boʻyicha aksionerlar oldida
hisobot berishini izohlaydi.
Shuni ham ta’kidlab oʻtish kerakki, moliyaviy menejment tizimi korxonalar
umumiy boshqaruv tizimining asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Korxonalarni
boshqarishning aksariyat umumiy tamoyillari moliyaviy menejment tizimiga toʻgʻri
keladi, bunda asosan boshqaruvning quyidagi ikki muhim jihatlarini inobatga olish
zarur: ierarxik va funksional. Halqaro va milliy amaliyotda korxonalar boshqaruv
tizimini tashkil qilishning eng koʻp ommalashgan usullaridan biri ham
boshqaruvning ierarxik va funksional holatda amalga oshirilishi hisoblanadi.
Korxonalarda boshqaruv markazlarini ierarxik holatda tashkil qilinishi, ularda
boshqaruv tizimini turli pogʻonalarga ajratishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda
korxonalarda boshqaruv tizimi ikki yoki uch pogʻonali tizimga ajratilmoqda, bunda
asosan birinchi pogʻonada korxonalarni butun boshqaruv faoliyatining apparati,
keyingi pogʻonalarda esa uning alohida tarkibiy birliklarida boshqaruv tizimi tashkil
qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy qarorlar qabul qilish nafaqat
istiqboldagi strategiyalarni ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalar balki joriy
faoliyatni moliyaviy jihatlarini ham oʻz ichiga qamrab oladi. Moliyaviy qarorlar
|
| |